Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
12.10.2020

1. ATB “Qishloq qurilish bank” audiovizual asarlar tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona-tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni bajarish tajribasiga ega, shu sohada faoliyat yuritadigan, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ishtirokchisi quyidagi ma’lumotlarni tijorat taklifi bilan taqdim etadi:

-avval ishlangan audiovizual materiallar nusxalari;

Davlat idoralari, yirik korxona va tashkilotlarning avval shunday ishlarni bajarganligi to‘g‘risida tanlov ishtirokchisiga berilgan tavsifnomalari(otzыv)

2. Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tijorat takliflari qabul qilinadi:

2.1 Videoroliklar tayyorlash:

2.1.1 Bank tomonidan taqdim etilayotgan “QUANT” mobil ilovasiga bag‘ishlangan grafikali videorolik.

Texnik talablar: Hajmi o‘zbek va rus tillarida jami – 60 sekundlik, zamonaviy va kreativ yondashuv asosida “QUANT” mobil ilovasining 10 dan ortiq qulayliklarini aks ettiruvchi yorqin grafikadan foydalanilgan rolik tayyorlanadi.

Bahosi – 25 000 000 (yigirma besh million so‘m).

3. Ushbu loyihaning taxminiy narxi 25 000 000 (yigirma besh million) so‘mni tashkil etadi. Tijorat takliflarida xizmatlarni bajarib berish bahosi va taklif qilinayotgan chegirma(skidka) hajmi ko‘rsatilishi lozim.

4. Tanlovga yetarli miqdordagi takliflar kelib tushmasa, Tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra, tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.

5. Tanlovga takliflar yopiq konvertda qabul qilinadi. Kovertda tanlov predmeti, tanlov ishtirokchisining nomi, manzili va telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.

6. Tanlov komissiyasi qaroriga asosan g‘olib deb topilgan korxona-tashkilotlar bilan shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzilganidan so‘ng amal qilish muddatida narxlar o‘sish tomoniga o‘zgarmaydi.

7.Tanlovga tijorat takliflari 2020 yilning 23 oktabr kuni soat 13:00 gacha quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi,18 a-uy.

ATB “Qishloq qurilish bank” Axborot xizmati boshqarmasi.

Telefonlar: (99878) 150-72-63, 150-45-34.

Tijorat takliflar 2020 yilning 23 oktabr kuni soat 16:00da yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ko‘rib chiqiladi.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
  1. Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?
    1. A'lo
      1018 (40%)
    2. Qoniqarsiz
      750 (30%)
    3. Xizmatlardan kelajakda foydalanaman
      297 (12%)
    4. Yaxshi
      264 (10%)
    5. O'rta
      207 (8%)
Valyutalar kursi 20.10.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 10 350,00 10 390,00 10 371.76
1 EUR 11 700,00 12 700,00 12 153.63
1 GBP 13 000,00 14 000,00 13 393.05
1 JPY 80,00 110,00 98.40
1 CHF 11 000,00 12 000,00 11 340.21
1 RUB 110,00 160,00 133.19
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :