Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
19.03.2020

ATB «Qishloq qurilish bank” bank axborot tizimini AT-Auditdan o‘tkazish bo‘yicha tanlov savdolari muddati uzaytirilishini e’lon qiladi.

 Tanlovda maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi va/yoki yetkazib berish huquqiga ega bo‘lgan, axborotlar xavfsizligi tizimlarini yetkazib berish tajribasiga ega bo‘lgan maxalliy va xorijiy firmalar, tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.  

Tanlovda tanlov xujjatlari talablariga javob beradigan xamda maxalliy va xalqaro banklarni auditdan o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan maxalliy va xorijiy firmalar, tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.    

1. Tanlov komissiyasining ishchi organi nomi va manzili: ATB “Qishloq qurilish bank” Axborot texnologiyalari departamenti, O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shaxri, A.Navoiy ko‘chasi, 18A, Tel.:(998 78) 150-77-32. Mas’ul shaxs: Ulugbek Islomov.

2. Tanlov takliflarini qabul qilish muddati –29mart 2020 yil, 16.00.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?







  
Valyutalar kursi 02.04.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 570,00 9 650,00 9 554.22
1 EUR 10 200,00 11 200,00 10 637.67
1 GBP 11 300,00 12 300,00 11 879.72
1 JPY 70,00 100,00 88.77
1 CHF 9 400,00 10 400,00 10 070.85
1 RUB 90,00 150,00 121.10
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :