Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
03.02.2020

ATB “Qishloq qurilish bank” bank faoliyatiga doir reklama xabarlarini (post) “Telegram” messenjeridagi eng ommaviy kanallarga joylashtirish va matnlarni tarjima qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “autsorsing” korxona-tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni bajarish tajribasiga ega, shu sohada faoliyat yuritadigan, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov ishtirokchisining muddatida to‘lanmagan hisob-kitoblar hujjatlari hisobvarag‘i (kartoteka-2) bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.

2. Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tijorat takliflar alohida qabul qilinadi va alohida g‘oliblar aniqlanadi:

2.1 Matnlarni o‘zbek, rus va ingliz tillariga tarjima qilish.

Shartlari:

- tarjima qilinadigan betlar kompyuter belgilari asosida hisoblanadi va 1 standart bet 1800 belgidan kam bo‘lmasligi lozim (ochiq joy – probel hisoblanmaydi). Ushbu band bo‘yicha 1 bet uchun taklif narxi kiritiladi va narx joriy yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.

2.2 Telegram messenjeridagi eng ommaviy kanallarga reklama xabarlari (post) joylashtirish. Xususan:

- @kunuzofficialkanaliga15 ta.

- @davletovuz kanaliga 15 ta.

- @KDUZB kanaliga 15 ta.

- @Daryo, @daryo_lotin, @daryo_live, @daryo_sport kanallariga 15 ta.

- @FutbolTVHD kanaliga 15 ta.

- @bank_kreditlari kanaliga 15 ta.

- @bankmijoz kanaliga 15 ta.

- @bankirkundaligi kanaliga 15 ta.

-@bankers_uzkanaliga 15 ta.

3. Tijorat takliflarida xizmatlarni bajarish bahosi va taklif qilinayotgan chegirma (skidka) hajmi ko‘rsatilishi lozim.

4. Tanlovga tijorat takliflari 2020 yilning 15 fevral kuni soat 13:00 gacha quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18 a-uy.

ATB “Qishloq qurilish bank” Axborot xizmati boshqarmasi.

Tijorat takliflar 15 fevral kuni soat 16:00 da yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ko‘rib chiqiladi.

5. Tanlov shartlari  haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefonlar: (+998 78) 150-72-63, 150-45-34

6. Tanlovga yetarli miqdordagi takliflar kelib tushmasa, Tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra tanlov takroran e’lon qilinishi mumkin.

7. Tanlovga takliflar yopiq konvertda qabul qilinadi. Konvertda tanlov predmeti, tanlov ishtirokchisining nomi, manziliva telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
  1. Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?
    1. A'lo
      1018 (40%)
    2. Qoniqarsiz
      750 (30%)
    3. Xizmatlardan kelajakda foydalanaman
      297 (12%)
    4. Yaxshi
      264 (10%)
    5. O'rta
      207 (8%)
Valyutalar kursi 25.09.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 10 320,00 10 350,00 10 315.62
1 EUR 11 700,00 12 700,00 12 210.60
1 GBP 12 500,00 13 500,00 13 322.62
1 JPY 80,00 110,00 98.67
1 CHF 11 000,00 12 000,00 11 315.95
1 RUB 110,00 160,00 136.28
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :