Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
29.11.2019

ATB Qishloq qurilish bankQo‘rg‘ontepa filiali bank binosi ichki xonalarini kapital ta’mirlashga qurilish ta’mirlash ishlari bilan shugullanib kelayotgan tajribali qurilish subektlari o’rtasida Tender tanlovini o‘tkazadi.

Kapital ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi davlat unitar korxonasi tomonidan 2019-yil 9 Sentyabrda berilgan N521-C/19 tartib raqamli texnik xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PQ - 5837 sonli "O’zbekiston Respublikasi Soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida "gi Qaroriga ko’ra 15% lik QQS xisoblangan xolda amalga oshirish ko’zda tutilgan. TENDER 2019 yil 2 dekabr kuni soat 10:00 da bank filiali binosida o‘tkaziladi.

·       TENDER da ishtirok etishini bildirgan qurilish – tamirlash tashkilotlaridan xujjatlarni qabul qilish 2019 yil 1 dekabr kuni soat 16:00 da to‘xtatiladi.

Manzil : Qo‘rg‘ontepa tumani Andijon ko‘chasi 2-A uy

Mo'ljal: Tuman Hokimligi binosi yonida.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar :+99874 723 10 32 . (74) 298 04 67

ATB Qishloq qurilish bank Qo'rg'ontepa filiali


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 11.12.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 510,00 9 550,00 9 537.55
1 EUR 10 200,00 10 900,00 10 545.67
1 GBP 12 000,00 13 000,00 12 527.57
1 JPY 70,00 95,00 87.83
1 CHF 9 000,00 10 000,00 9 631.94
1 RUB 110,00 155,00 149.88
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari