Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
14.06.2018

ATB «Qishloq qurilish bank»

Bankomatlar (TellMe dasturiy ta’minoti bilan) sotib olish yuzasidan takliflar qabul qiladi.

1. Bankomatlarga bo‘lgan texnik talab:

     - 20 dona bankomatlar Cash out funksiyasiga ega bo‘lgan va TellMe dasturiy ta’minoti bilan bo‘lishi.

    - Bir dona bankomatning narxi TellMe dasturiy ta’minoti bilan birga 14 000,0 AQSh dollaridan oshmasligi kerak.

    - Batafsil texnik talablar va konkurs hujjatlari bankning www.qqb.uz rasmiy saytida joylashtirilgan.

    - Bankomatlar 2018 yil ishlab chiqarilgan bo‘lishi.

    - Yetkazib berish manzili – Toshkent shahar bojxona ombori.

2. Tanlov o‘tkazish manzili: Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uy

3. Konkurs qatnashchilari bankomatlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xududida sotish vakolatini beruvchi avtorizatsiya xujjatini taqdim qilishlari lozim.

4. Savollar bo‘yicha ishchi guruhiga quyidagi manzilga murojaat etish mumkin: ATB «Qishloq qurilish bank» O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uy, Plastik kartochkalar bilan ishlash boshqarmasi. Ma’sul shaxs: Bo‘lim boshlig‘i D.X.Yusupov, telefon: (+99871) 150-76-47, 150-76-48.

5. Konkurs qatnashchilari qo‘shimcha ma’lumot uchun og‘zaki shaklda murojaat qilishlari mumkin.

6. Takliflarni qabul qilish muddati: 2018 yil 28 iyun soat 17:00 gacha.

7. Takliflar ishchi guruhga yopiq konvertda taqdim qilinadi va ro‘yhatga olinadi.


Ko'chirib olish : Конкурсная документация по закупке банкоматов для системы Smart Vista и EMV(315 КБ)

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 15.11.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8250.00 8320.00 8271.27
1 EUR 9200.00 9700.00 9374.66
1 GBP 10300.00 10800.00 10731.15
1 JPY 60.00 80.00 72.67
1 CHF 8200.00 8600.00 8227.66
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :