Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
13.06.2018

AUDITORLIK TASHKILOTLARI DIQQATIGA !

ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda 9-sonli moliyaviy xisobotlarning halqaro standartlari talablarini joriy qilish maqsadida konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha auditorlik kompaniyalari ishtirokida tanlov savdolari o‘tkazilishini e’lon qiladi.

1. Tanlovda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega bo‘lgan, ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan hamda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bo‘yicha xalqaro tajribaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.  

2. Xizmat narxi 650 000 000 (Olti yuz ellik million) so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘isiz. Xizmat narxiga ustama xarajatlar ham qo‘shilgan.

3. Tanlov komissiyasining ishchi organi nomi va manzili: ATB “Qishloq qurilish bank” Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi , O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shaxri, A.Navoiy ko‘chasi, 18A, Tel.:(998 71) 150-76-80, 150-76-81, 150-93-39. Ma’sul shaxs: Yunusov Ulug‘bek Tulaganovich.

4. Tanlov shartlari va tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tanlov komissiyasi ishchi guruhidan hamda bankning rasmiy saytidan olinishi mumkin.  

5. Tijorat takliflari yopiq konvertda taqdim etiladi va ishchi organ tomonidan ro‘yxatga olinadi.

6. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar erkin ravishda tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so‘rov berishlari mumkin.

7. Tanlov takliflarini qabul qilish muddati – 2018 yil 28 iyun, soat 16.00 gacha.

Ko'chirib olish : Консультационные услуги подготовки финансовой отчетности путем внедрения новых требований классификации и оценки финансовых активов по Международному стандарту финансовой отчетности N 9. (23,4 КБ)

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 18.09.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8040,00 8120,00 8039.00
1 EUR 9 100,00 9 500,00 9 347.75
1 GBP 10 300.00 10 600,00 10 503.76
1 JPY 60,00 80,00 70.75
1 CHF 8 200,00 8 400,00 8 310.76
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :