Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
03.05.2018

2018 yil 15 may kuni soat 10.00 dan boshlab ATB «Qishloq qurilish bank»ning aksiyadorlari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2018 yil 15 may kuni soat 9.00 dan 10.00 gacha ro‘yxatga olinadi. Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy.

                                                                  Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Bank Kengashining 2017 yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti.

2. ATB “Qishloq qurilish bank”ning 2017 yildagi faoliyati natijalari, shu jumladan, biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti va 2018 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida.

3. Bankning 2017 yildagi faoliyati bo‘yicha Taftish komissiyasining hisoboti.

4. Bankning 2017 yil 31 dekabr holatiga buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

5. Bankning 2017 yil faoliyati yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash.

6. Bankning buxgalteriya hisobotini milliy va xalqaro standartlar bo‘yicha tashqi audit xulosasini tasdiqlash.

7. Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

8. Bankda e’lon qilinadigan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

9. Bankning “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “Bank Kengashi to‘g‘risida”gi va “Dividend siyosati to‘g‘risida”gi Nizomlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.

10. Bankning 2017 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Bank Kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini rag‘batlantirish.

11. Bank Kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini saylash hamda Boshqaruv a’zolari tarkibini tasdiqlash.

12. Bankning 2018 yil uchun bank faoliyatini tashqi auditdan o‘tkazish maqsadida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

13. Bankning 2017 yil 26 dekabrda P0006-29-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.                                           

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2018 yil 8 may holatiga ko‘ra tuziladi.

  ATB «Qishloq qurilish bank» Kengashining 2018 yil 3 maydagi qaroriga asosan:

  1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2018 yil 3 may.

  2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 8 may.

 Murojaat uchun telefon: (0371) 150-76-90

                                                                                                                                                Bank Kengashi

         

 

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 10.10.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 180,00 8 250,00 8 181.08
1 EUR 9 200,00 9 600,00 9 427.06
1 GBP 10 300.00 10 600,00 10 735.21
1 JPY 60,00 80,00 71.95
1 CHF 8 300,00 8 500,00 8 250.38
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :