Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilishida tanlov komissiyasi organlari, xarid tashabbuskori, ishchi organ, ishchi guruh a’zolari hamda xaridga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning odob-axloq qoidalari

 
        ATB “Qishloq qurilish bank” Markaziy idorasi va filiallari tomonidan davlat xaridlari amalga oshirilayotganda quyidagi odob-axloq qoidalari rioya qilinishi lozim:
1. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari soha bo‘yicha ma’lumoti bo‘lishi, doimiy ravishda o‘z bilim malakasini oshirib borishi va shu sohada kasbiy mahoratli mutaxassis bo‘lishi lozim;
2. Davlat xaridi amalga oshirish jarayonida xaridga aloqador shaxslar qaror qabul qilinmaguncha ma’lumot oshkor qilmaydi;
3. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari: - bir biri bilan yoki tanlov (tender) ishtirokchilari bilan til biriktirmaydi; - tanlov (tender) ishtirokchilari bilan muloqatga kirishganda qonun doirasida, xushmuomala bilan javob beradi; - qaror qabul qilishda, qonuniyatchilik, o‘z bilim, fikr va tahlillariga asoslangan holda mustaqil qaror qiladi.
4. Tanlov (tender) komissiyasi a’zolari va boshqa xodimlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
5. Tanlov (tender) komissiyasining a’zolari hamda boshqa xodimlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas;
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar: - shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a’zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin; - manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
06.12.2017


Bankning logotipi tushirilgan 1000 dona A3 o‘lchamdagi devoriy kalendar, 1500 dona stol ustiga qo‘yiladigan katta (standartniy) kalendar va 800 dona devoriy choraklik kalendarlardan tayyorlatish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlovda barcha poligrafiya va reklama mahsulotlarini tayyorlovchi tashkilotlar qatnashishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin:

          Manzil: 100011, Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 18A-uy.

Telefon: (+99871) 150-76-75, 150-79-27

Elektron pochta manzili: headoffice@qqb.uz

Tanlov takliflarini qabul qilish muddati: 2017 yilning 12 dekabr kuni soat 16-00 gacha.


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 17.07.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7760,00 7830,00 7787,81
1 EUR 8900,00 9200,00 9100,06
1 GBP 10100,00 10500,00 10304,83
1 JPY 60,00 80,00 69,31
1 CHF 7700,00 7900,00 7775,37
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari

Boshqa yangiliklar :