Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Umumiy qoidalar

1. Tarif bo'yicha ko'rsatilgan komission to'lovlar, qo'shimcha komission xarajatlar hamda telekommunikasiya, pochta va boshqa xarajatlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda chet el valyutasida (amaliyot kunidagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi yoki krosskursi bo'yicha) yoki milliy valyutada undiriladi.

2. Mijozning chet el valyuta mablag'lari mavjud bo'lmagan hollarda joriy to'lovlar shu kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo'yicha milliy valyutada undiriladi..

3. Bank tomonidan belgilangan tariflarda ko'zda tutilmagan amaliyotlar bo'yicha xizmat ko'rsatilganda, ushbu xizmatlar uchun komission to'lovlar, o'xshash amaliyotlar uchun belgilangan tariflar asosida undiriladi. Bunday operasiyalarni amalga oshirishda xizmat haqi miqdori tomonlardan birining taklifi bilan alohida shartnoma bo'yicha amalga oshirilishi mumkin.

4. Alohida hollarda bankning Kredit qo'mitasi vaziyatdan kelib chiqqan holda ma'lum bir o'rnatilgan to'lov operasiyalari stavkasini o'zgartirishi yoki bekor qilishi va komission to'lovlar undirishning alohida tartibini o'rnatishi mumkin.

5. ATB "Qishloq qurilish bank" mijozlar tomonidan berilgan topshiriqlarning, ular (ya'ni, mijozlar) tomonidan qilingan xato va noaniqliklar natijasida o'z vaqtida bajarilmasligiga yoki noto'g'ri bajarilishiga hamda boshqa banklarning xatolari uchun javobgar hisoblanmaydi.

6. Tariflarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. O'zgartirish va qo'shimchalar haqida mijozga oldindan xabar beriladi.


T A R I F L A R - ko`chirib olish


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 15.08.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 4194.00 4237.00 4154.36
1 EUR 4896.00 4905.00 4895.49
1 GBP 5402.00 5407.00 5401.09
10 JPY 380.00 381.00 379.19
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari