Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

TERMINAL BILAN ISHLAGANDA SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI XODIMLARI (SXK) BILISHLARI VA AMAL QILISHLARI ZARUR BO‘LGAN XAVFSIZLIK CHORALARI

“UZKART” banklararo to‘lov tizimi (BTT) xavfsizligining buzilishini oldini olish maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish korxonasi (matnda bundan buyon SXK) o‘zining xodimlari tomonidan quyidagi qoidalarning bajarilishini ta‘minlashi va nazorat qilishi shart:

- Har kuni SXK terminalida “Sverka itogov” operatsiyasini o‘tkazish va inkassatsiya cheklarini saqlab qo‘yish;

- Terminal va uning qo‘shimcha qismlarini (simsiz modem va b.) yo‘qolishdan va begona kishilarning qo‘llariga tushib qolishdan saqlash;

Quyidagilar bo‘yicha qoidalarga so‘zsiz amal qilish: terminal bilan ishlash; kartochka saqlovchisiga xizmat qilish; foydalanish va xavfsizlik;

- Plastik kartochka saqlovchilariga xizmat ko‘rsatish zonasidagi ko‘zga ko‘rinadigan joylarga joylashtirgan holda “UZKART” BTT axborot/reklama materiallarini o‘z vaqtida yangilash;

- Kartochka saqlovchisidan uning kartochkasining PIN - kodini so‘ramaslik;

- Terminalda operatsiyalarni bajarishda plastik kartochka saqlovchisida muammolar vujudga kelgan hollarda ushbu plastik kartochka saqlovchisiga mazkur muammolarni hal qilishda ko‘maklashish, ularni mustaqil tarzda hal qilishning iloji bo‘lmagan hollarda kerakli maslahatlar olish uchun darhol bank xodimlari bilan bog‘lanish;

- Plasrik kartochka saqlovchisini terminalda o‘tkazilgan operatsiyalar cheklarini saqlab qo‘yish kerakligi to‘g‘risida habardor qilish;

- Terminalning quyidagi cheklarida yozuvlarning aniq chop qilishini nazorat qilish: plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, sverka itogov, terminal operatsiyalarining ro‘yxati;

- Quyidagi operatsiyalarning cheklarini saqlash: plastik kartochka vositasida bajarilgan operatsiyalar, sverka itogov, terminal operatsiyalarining ro‘yxatini savdo nuqtasi moliyaviy buxgalteriya hujjatlari bilan birgalikda;

- Terminal keyinchalik bankka berilishi uchun STOP-LISTda joylashtirilgan deb topgan plastik kartochkalarlarni olib qo’yish;

Plastik kartochka saqlovchilari tomonidan kartochkalar bilan firibgarlik harakatlarini amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni darhol bankka yetkazish.


SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI XODIMLARI UCHUN TERMINALNI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Umumiy tavsiyalar

- Bank plastik kartochkalari (BPK) bilan operatsiyalar Off-line rejimida ham (operatsiya summasini mualliflashtirishni o‘tkazmasdan), On-line rejimida ham (operatsiya summasini mualliflashtirish bilan) o‘tkazilishi mumkin.

- Operatsiyalarni On-line rejimida o‘tkaza olish uchun terminal oddiy shahar telefon “DialUp” aloqa liniyasiga yoki GPRS Simsiz aloqasi orqali ulangan bo‘lishi kerak (buning uchun terminalga GPRS standartini qo‘llab-quvvatlovchi uyali aloqa operatorlaridan birining SIM-kartochkasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak). Bundan tashqari, terminal o‘zining modifikatsiyasiga bog‘liq ravishda “ETHERNET” tipidagi ulanishni ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

TERMINALDAN SAVDO TARMOG‘IDA FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

- Yoqilgandan va keyinchalik terminal dasturi yuklanganidan keyin uning displeyida (ekranida) ushbu terminalda operatsiyalarni bajarish mumkin bo‘lgan kartochka turlarini tanlashga imkon beruvchi asosiy menyu namoyish qilinadi:

MK (Duet)

EMV

EMV” bandida quyida ko‘rsatilgan operatsiyalar bajariladi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonasi xodimlari tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovni o‘tkazganlaridan keyin plastik kartochka vositasida o‘tkazilgan operatsiyalarning xavfsizligini ta’minlovchi quyidagi maxsus operatsiyalarni bajarishlari kerak:

Dublikat cheka;

Sverka itogov;

Kratkiy otchet;

Spisok operatsiy;

Smena klyuchey.

DUBLIKAT CHEKA.

"Posledniy chek"- savdo terminalda ohirgi amalga oshirilgan operatsiya haqida ma’lumot.

Dublikat cheka

Sverka itogov

Sistema platejey

Lokalnaya MK EMV

SVERKA ITOGOV

“Sverka itogov” operatsiyasini o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish zarur: BPK terminal rideriga qo‘ying. “EMV” menyusiga kiring;

“up” va “down” tugmalari yordamida menyuning “Sverka itogov” bandini tanlang va “Enter” tugmasini bosing;

Terminal protsessing markazi bilan ulanishni bajara boshlaydi va terminalda mavjud bo‘lgan barcha Off-line tranzaksiyalarni keyingi qayta ishlash uchun protsesssing markazi ma’lumotlar bazasiga uzatadi. Terminal solishtirish natijasi bo‘yicha chek beradi.

KRATKIY OTCHET

Sverka itogov

Kratkiy otchet

“Kratkiy otchet” operatsiyasini o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish zarur:

“EMV” menyusiga kiring;

“down’ va “up” tugmalari yordamida menyuning “Kratkiy otchet” bandini tanlang va “Enter” tugmasini bosing;

Terminal ushbu vaqtda o‘zining xotirasida bo‘lgan operatsiyalar soni va summasini chop qiladi.

SPISOK OPERATSII

“Spisok operatsii” operatsiyasini o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish zarur:

“EMV” menyusiga kiring;

Kratkiy otchet

Spisok operatsiy

Pechat cheka

USPESHNO

Vinte kartu

“down” va “up” tugmalari yordamida menyuning “Spisok operatsii” bandini tanlang va “Enter” tugmasini bosing;

►Terminal ushbu vaqtda o‘zining xotirasida bo‘lgan barcha operatsiyalarni chop qiladi.

Izoh: Fors-major holatlarida ma'lumotlarni solishtirish uchun ma'lum vaqtgacha barcha cheklarni saqlab qo’yish lozim

SMENA KLYUCHEY

“Smena klyuchey” operatsiyasining bajarilishi doirasida quyidagilar ro‘y beradi:

Terminalda mavjud kalitlarni ushbu terminalga mos keluvchi protsessing markazidagi kalitlar bilan solishtirish;

Protsessing markazidan terminalga maxsus aloqa kalitini berish;

Barcha Off-line tranzaksiyalarni protsessing markazi ma’lumotlar bazasiga yuklab olish. “Smena klyuchey” operatsiyasini o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish zarur:

“EMV” menyusiga kiring;

“down” va “up” tugmalari yordamida menyuning “Smena klyuchey” bandini tanlang va “Enter” tugmasini bosing;

Terminal protsessing markazi bilan bog‘lanishni bajaradi va kalitlarni almashtiradi.

Smart Vista

Nomer telefona 2275999

Smart Vista

Otpravleno: 00000610 Prinyato: 00000486

“Enter” tugmasini bosing. Tegishli chekni chop eting.

Pechat cheka

USPESHNO

Vinte kartu

Izox: “Smena klyuchey” operatsiyasi On-line tizimi uchun majburiy operatsiya hisoblanadi, chunki ushbu operatsiyasiz boshqa operatsiyalarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun “Smena klyuchey” operatsiyasini har safar terminal elektr tarmoqiga ulanganda o‘tkazilishi lozim. Kalitlar muvoffaqiyatli almashtirilganda operatsiya chekida ma’lumotlar to‘plami chop qilinadi, ular orasida quyidagi camp bo‘ladi: “RRN PIN Smena klyuchey”, ushbu satrning kartochkasida esa albatta raqamlar bo‘lishi kerak. Smena klyuchey muvoffaqiyatsiz yakunlangan hollarda chekda “NET” habari chop qilinadi


20.03.2017
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 25.07.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 4109.00 4151.00 4070.38
1 EUR 4698.00 4707.00 4697.67
1 GBP 5297.00 5302.00 5296.79
10JPY 368.00 369.00 367.00
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari