Rang sayt: A A A A

Hisob raqamidan ma'lumot olish uchun mijoz quyidagi SMS xabarni yuborish kerak:

So’rovnoma kodi (joy qoldirish) bank kodi (joy qoldirish) hisob raqami kodi.
So’rovnoma kodi - quyidagi lotincha kombinatsiyalardan biri: O, LI, LO, TI, TO
Bank kodi - 5 ta raqamdan iborat, filial MFOsini bildiradi.
Hisob raqami kodi - mijozning 20 ta raqamdan iborat bo’lgan hisob raqami.
          - agar, faqat balans raqami terilsa, 20208%, - bu degani mijozning 20208 dan boshlanadigan hisobraqami to’g’risida SMS xabar keladi;
          - agar hisobraqamining oxirgi uchta raqami terilsa, (001, yoki 002, yoki 003 va sh.k.), oxiri (tartib raqami bo’yicha) terilgan uchta raqam bilan tugaydigan barcha hisob raqamlari haqida SMS xabar keladi; 
          - hisobraqamining hamma 20 ta raqami terilsa, u holda mijoz aynan shu ko’rsatilgan hisob raqami bo’yicha SMS xabar oladi. 
          Eslatma! Hisob raqamidan ma'lumot olish uchun mijoz SMS xabarni qisqa ko’rinishda yuborsa, (masalan 20208%001 ko’rinishida),  quyidagi % belgisini qo’yish zarur, bo’lmasa, "SMS-BANKING" tizimi  SMS xabariga javob bermaydi.

  • Hisobraqamidagi qoldiq to’g’risida ma'lumot olish uchun  O so’rovnoma kodi teriladi.
    Bu so’rovnoma hisob raqamidagi qoldiqning so’ralgan vaqtdagi va kundagi holatini ko’rsatadi; 
  • Hisobraqamlarga oxirgi kelib tushgan mablag’ to’g’risida ma'lumot olish uchun LI so’rovnoma kodi teriladi.
    Bu so’rovnoma hisobraqamlarga  so’ralgan vaqtdagi va kundagi oxirgi kelib tushgan mablag’ni ko’rsatadi;
  • Hisobraqamlardan oxirgi chiqarilgan mablag’ to’g’risida ma'lumot olish uchun  LO so’rovnoma kodi teriladi.
    Bu so’rovnoma hisobraqamlardan so’ralgan vaqtdagi oxirgi chiqarilgan mablag’ni  ko’rsatadi;
  • Hisobraqamlarga kun davomida kelib tushgan mablag’lar to’g’risida ma'lumot olish uchun TI so’rovnoma kodi teriladi.
    Bu so’rovnoma kun davomida so’ralgan hisobraqamlarga  kelib tushgan mablag’lar ro’yxatini ko’rsatadi;
  • Hisob raqamidan oxirgi chiqarilgan mablag’lar ro’yxatini olish uchun TO so’rovnoma kodi teriladi.
    Bu so’rovnoma kun davomida so’ralgan hisobraqamlardan chiqarilgan mablag’lar ro’yxatini ko’rsatadi.

Barcha SMS xabarlarni quyidagi telefon raqamiga yuboriladi: 2600

          "SMS-BANKING" tizimi quyidagi amaliyotlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi:

  1. Hisobraqamdagi qoldiq mablag’ to’g’risida ma'lumot
  2. Hisobraqamga oxirgi kelib tushgan mablag’ to’g’risida ma'lumot
  3. Hisobraqamdan oxirgi chiqarilgan mablag’ to’g’risida ma'lumot
  4. Hisobraqamga kunlik kelib tushgan barcha mablag’lar ro’yxati
  5. Hisobraqamdan kunlik  chiqarilgan barcha mablag’lar ro’yxati

SMS-habarnoma xizmatini infokiosk/bankomat orqali ulash bo‘yicha qo‘llanma

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 12.12.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8020.00 8100.00 8093.00
1 EUR 9500.00 9560.00 9531.94
1 GBP 10800.00 10860.00 10842.19
1 JPY 60.00 75.00 71.25
1 CHF 8100.00 8180.00 8158.27
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari