Rang sayt: A A A A

PLASTIK KARTOCHKADAN FOYDALANGAN HOLDA TOVAR VA XIZMATLAR UCHUN NAQD PULSIZ TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISHDAGI XAVFSIZLIK CHORALARI

- PIN- kod eng ko‘p uzunligi - 4 ta raqamgacha bo‘lishi mumkin.

-Plastik kartochkani olishingiz bilan darhol unga quyidagi qoidalarga amal qilgan holda o‘zingizning sir tutiladigan PIN- kodingizni o‘rnating:

-PIN-kod sifatida takrorlanuvchi raqamlar, mashhur sanalar va o‘zingiz to‘g‘ringizdagi barchaga ma’lumot bo‘lgan ma’lumotlarni (masalan, tug‘ilgan kun sanasi, avtomashinangiz raqami, telefon raqamingiz va b.) o‘rnatmaslikka harakat qiling;

- PIN - kodingizni yozmang- uni yodda saqlang;

- PIN - kodni boshqa shaxslarga aytmang. Hech kim, jumladan, bank xodimlari va savdo nuqtasining sotuvchilari Sizdan plastik kartochka PIN - kodini aytishingizni talab qilish huquqiga ega emas. O‘zingiz tomoningizdan plastik kartochkaning PIN- kodini boshqa shaxsga aytilgan hollarda sizning plastik kartochka bo‘yicha sodir etilgan barcha tranzaksiyalar uchun javobgarlik o‘zingizning zimmangizda bo‘ladi, chunki bank-emitent bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra faqat Siz plastik kartochkaning qonuniy saqlovchisi hisoblanasiz;

-Agar Siz PIN-kodingiz o‘zingiz istamagan holda boshqa shaxsga oshkor bo‘lib qolganligini bilib qolsangiz, eng yaqin terminal, bankomat yoki kioskda PIN-kodni shaxsan qaytadan o‘rnatishingiz zarur;

- PIN-kodni qaytadan o‘rnatishdan avval plastik kartochkaning amaldagi PIN-kodini kiritish, keyin esa yangisini kiritish va uni qaytadan kiritish orqali tasdiqlash kerak bo‘ladi;

- PIN-kodni har oyda bir martadan kam bo‘lmagan tartibda muntazam almashtirib boring; Agar Sizning plastik kartochkaga ish haqi o‘tkazilsa, navbatdagi ish haqi o‘tkazilishidan 1-2 kun avval plastik kartochkaning PIN - kodini almashtirishga harakat qiling;

Shuni yodda tutingki, PIN - kod uchinchi marta noto‘g‘ri kiritilganda ushbu PIN-kod to‘sib qo‘yiladi. Shuning uchun PIN - kodni kiritishda har bir bosishda klaviaturadagi tegishli tugmani bosganligingizni, terminal displeyi yoki bankomat/kiosk ekranida esa “yulduzchalar” aks ettirilayotganligini diqqat bilan kuzatib boring. Bu PIN - kodning terminal/bankomat/kiosk klaviaturasida kiritilgan barcha raqamlari qurilma tomonidan qayta ishlash uchun qabul qilinganligini bildiradi. Aks holda klaviatura tugmasini yetarli darajada bosmaganligingiz yoki undagi nosozliklar tufayli Siz plastik kartochka PIN - kodini tasodifiy ravishda to‘sib qo‘yishingiz mumkin; Agar siz ikki marta PIN - kodni noto‘g‘ri kiritib, uchinchi marta esa uni to‘g‘ri kiritsangiz, PIN - kodni kiritishga urinishlar soni yana 3 ta urinishgacha tiklanadi.


20.03.2017


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 20.08.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 350,00 9 450,00 9 061,00
1 EUR 9 600,00 10 300,00 10 092,14
1 GBP 10 500,00 11 300,00 10 926,66
1 JPY 65,00 90,00 85,57
1 CHF 8 800,00 9 500,00 9 310,52
1 RUB 90,0 145,0 138,47
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari