Rang sayt: A A A A

ATB "Qishloq qurilish bank"ning elektron saytidagi kreditlardan tadbirkorlik sub'ektlariga "bir darcha" tamoyili bo‘yicha elektron shaklda milliy valyutada bir yilgacha bo‘lgan muddatga kredit olishga doir hujjatlarni qabul qilish bosqichlari

1 - bosqich Mijoz bank saytidagi korporativ mijozlarga sahifasidagi kreditlash turlari bilan tanishgach, kredit olish istagini bildirsa saytning elektron murojaat sahifasidan ro‘yxatdan o‘tadi.
2 - bosqich Mijoz anketasi ro‘yxatdan o‘tgach, bank saytidagi kreditni tanlaydi va kredit olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni elektron tarzda (skaner qilgan holda) taqdim qiladi, mijozning arizasi elektron ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida mijozga bank filiali tomonidan elektron ma'lumotnoma beriladi.
3 - bosqich Mijoz arizasi va unga ilova qilingan hujjatlari bank bazasiga kelib tushgandan so‘ng, ushbu hujjatlarga bank boshqaruvchisining vizasi asosida mas'ul xodim biriktiriladi.
4 - bosqich Mijoz arizasi va ilova qilingan hujjatlari biriktirilgan xodim tomonidan o‘rganilib, hujjatlar belgilangan talablarga javob bergan holda kredit hujjatlari qog‘ozga chiqariladi va kredit komissiyasiga dastlabki o‘rganish uchun taqdim etiladi.
5 - bosqich Mijoz hujjatlari kredit komissiyasi tomonidan dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra o‘rganib bo‘lingach, kredit ajratish bo‘yicha ijobiy xulosa qilinganda, asl hujjatlar va qo‘shimcha olib kelinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va mijozga bankka suhbat o‘tkazish uchun uchrashuv joyi ko‘rsatilgan holda E-mail orqali mijozga 3 bank ish kunida javob xati yo‘llanadi. Shuningdek, kredit komissiyasi tomonidan dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra kredit ajratish rad etilgan taqdirda, kamchiliklar va kredit ajratmaslik sabablari ko‘rsatilgan holda E-mail orqali mijozga 3 bank ish kunida javob xati yo‘llanadi.
6 - bosqich Suhbat natijalariga ko‘ra suhbat bayoni(anketa so‘rovnomasi) rasmiylashtiriladi. Olib kelingan asl hujjatlar va qo‘shimcha olib kelingan hujjatlar mijozdan to‘liq qabul qilib olinadi. Olib kelingan asl hujjatlar elektron tarzda (skaner qilgan holda) jo‘natilgan hujjatlardagi ma'lumotlar bir xilligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonida ma'lumotlar bir xil emasligi aniqlangan holda mijozga rad javobi beriladi. Qabul qilingan hujjatlar asosida kredit hujjatlari yig‘majildi Filial kredit komissiyasi yig‘ilishi kun tartibiga kiritiladi, kredit komissiyasi kredit ajratish yoki ajratmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
7 - bosqich Filial kredit komissiyasi kredit ajratmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, kredit ajratmaslik sabablari ko‘rsatilgan holda mijozning elektron pochtasiga javob xati yo‘llanadi.
8 - bosqich Filial kredit komissiyasi kredit ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, mijozning elektron pochtasiga unga kredit ajratishga ijobiy qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida javob xati yo‘llanadi va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish uchun bankga kelishi so‘raladi.
9 – bosqich Mijoz bankga kelgach, kredit hujjatlarini rasmiylashtirish bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Kredit siyosati va mijozlarni kreditlash tartibiga asosan amalga oshiriladi.
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari