Rang sayt: A A A A
19.08.2019

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi rahbarlarining aholi va tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

Bank Boshqaruvi raisi Bahodir Mullaxonov 16 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida va Quva tumanida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda qatnashdi.

IMG_20190819_124212_444.jpg

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod G‘ofurov Navoiy viloyatining Konimex tumanida, Navoiy shahrida va Buxoro shahrida tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.

IMG_20190819_124216_988.jpg

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alisher Murotov ishtirokidagi tadbir Bekobod shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor uchrashuvlarda ishtirokchilarning 100dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘plab murojaatlar tadbirlar davomida o‘z yechimini topdi. Aholi va tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

IMG_20190819_124219_017.jpg

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirlarda tadbirkorlar o‘z faoliyatiga xalal berayotgan muammolarni bildirdilar va qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarga sarmoya ajratish muhokamalar markazida bo‘ldi. Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

IMG_20190819_124210_816.jpg

“Qishloq qurilish bank” vakillari sayyor uchrashuvlar doirasida hududlardagi qator kichik biznes sub’ektlarida ham bo‘lishib, tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash, eksportni oshirishga va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan biznes loyihalarinimoliyalashga kelishildi.

Navbatdagi sayyor uchrashuvlar 2019 yilning 19 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida, 20 avgust kuni Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

“Qishloq  qurilish  bank”  - farovon hayotingiz xizmatida!

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 17.09.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 350,00 9 440,00 9 411,30
1 EUR 9 800,00 10 600,00 10 421,13
1 GBP 10 800,00 11 800,00 11 764,13
1 JPY 70,00 95,00 87,09
1 CHF 9 000,00 9 800,00 9 504,44
1 RUB 100,00 155,00 146,51
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari