Rang sayt: A A A A
14.08.2019

ATB "Qishloq qurilish bank" boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alisher Murodov Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida sayyor qabul o‘tkazdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 2 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tijorat banklariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda mazkur bank mijozlari va viloyatning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Sayyor uchrashuvlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jamiyatimizda tadbirkorlarga bo‘lgan e’tibor va munosabat tubdan o‘zgargani, buning natijasida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiyotimizning tayanchiga aylangani ta’kidlandi.

photo5377357582567582375.jpg

ATB "Qishloq qurilish bank" Samarqand mintaqaviy filiali viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarni kreditlash jarayonida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning 1 avgust holatida bankning jami kredit portfeli qoldig‘i 788 milliard 134 million 200 ming so‘mni tashkil etadi. Shundan, 300 ga yaqin kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar 196 milliard 297 million 200 ming so‘m bo‘lsa, namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar uchun berilgan kreditlar 531 milliard 722 million 200 ming so‘mga teng.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan sayyor qabullar davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatiga halal berayotgan qator muammolarni o‘rtaga tashlab, ko‘plab takliflarni bildirdi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarni kreditlash muhokamalar markazida bo‘ldi. Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Sayyor uchrashuvlarda tadbirkorlar bilan bu boradagi ishlarni jadallashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

photo5377740758074895341.jpg

"Qishloq qurilish bank" Boshqaruvi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar ko‘targan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Qator tadbirkorlarning murojaatlari sayyor uchrashuvning o‘zida yechimini topdi. Misol uchun, tadbirkor Baxtiyor Narziqulovning 300 million so‘m kredit so‘rab qilgan murojaati joyida ijobiy hal qilindi. Qosimjon Qarshiyev ham 10 yildan buyon mazkur bankning mijozi hisoblanadi. Shu paytga qadar u "Qishloq qurilish bank"dan bir necha marotaba kredit olib o‘z vaqtida qaytarib kelmoqda. Lekin, uni har safar garovni yangilash masalasi qiynab kelayotgan edi. Tadbirkorning bu borada qilgan murojaati ham yaqin kunlarda yechimini topadigan bo‘ldi.

"Qishloq qurilish bank" vakillari viloyatdagi qator kichik biznes sub’ektlari faoliyati bilan joyiga chiqib tanishishdi. Muloqotlarda tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash, eksportni oshirishga va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan biznes loyihalari uchun kreditlar ajratishga kelishildi.

Manba:www.uza.uz

 

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 17.09.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 350,00 9 440,00 9 411,30
1 EUR 9 800,00 10 600,00 10 421,13
1 GBP 10 800,00 11 800,00 11 764,13
1 JPY 70,00 95,00 87,09
1 CHF 9 000,00 9 800,00 9 504,44
1 RUB 100,00 155,00 146,51
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari