Rang sayt: A A A A
22.02.2019

Bugun yurtimiz moliya muassasalarining iqtisodiy islohotlardagi ishtiroki keng. Ayniqsa, hududlarning investitsiyaviy salohiyati yuksalishi, aholiga ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifati yanada yaxshilanishi, ularning bo’sh pul mablag’lari omonatlarga jalb qilinishi kabi dolzarb vazifalar ijrosida tijorat banklari faolligi ko’zga yaqqol tashlanmoqda.

Xo’sh, bunda aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ining Xorazm mintaіaviy filiali hissasi qanday? Ushbu moliya muassasasi o’z faoliyat yo’nalishidan kelib chіqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-­quvvatlash, istiqbolli loyihalarni kreditlash jarayonida qay darajada ibrat ko’rsatayotir?

Ana shu savollar javobini quyidagi ma’lumotlardan topamiz:

O’tgan yili bank filiali tomonidan 21 ­loyihaga 10 milliard 792 million so’m va 4 million 930 ming AQSh dollari miqdorida ­kreditlar ajratildi. Mablag’lar, asosan, xorijdan yuqori texnologiyalarni xarid qilish, turizm, tibbiyot, agrar tarmoqda innovatsiyalarni joriy etishga yo’naltirilmoqda.

Muvaffaqiyatlar omili esa ayon: “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyili asosida ish yuritilyapti. Bank va mijoz o’rtasidagi o’zaro ishonch hamda hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Natijada viloyat iqtisodiyoti rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi loyihalarni ­amaliyotga joriy qilish imkoniyatlari kengayib borayotir.

Ajratilgan mablag’lardan qay darajada oqilona ­foydalanilayotgani hamda ­buning amaliy natijalarini aynan moliya muassasasi ­filiali ko’magida eksportga mahsulot chiqarishga erishgan bank mijozlarining dil so’zlaridan ham anglash qiyin emas.

Ilyosbek HIKMETOV, «Bog’ot qishloq qurilish O’tkir servis» MChJ rahbari:

— Mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti biz, tadbirkorlar uchun ayni muddao. Axir ishbilarmonlar safi qanchalik kengaysa, iqtisodiyotimiz ham shunchalik tez rivojlanadi-da. Biznes-rejangiz puxta, tuzgan loyihangiz istiqbolli bo’lgani, albatta, katta yutuq. Ammo ularni amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, sarmoya kerak. Ayni shu o’rinda tijorat banklari — tayanchimiz, madadkorimiz! Muhimi, moliyaviy ko’mak nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini yo’lga qo’yish, balki jahon bozoriga chiqishimizga ham imkon bermoqda.

Sir emas, hozirgi kunda ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlarga talab katta. Ularni esa zamonaviy texnologiyalarsiz tayyorlash imkonsiz. Eng ­ilg’or dastgohlarni xarid qilishni birgina tadbirkorning hamyoni ko’tarmaydi. Shu bois, biznes-reja tuzib “Qishloq qurilish bank”ining Xorazm mintaqaviy filialiga murojaat etdik. Loyihamizning birinchi bosqichida 540 ming AQSh dollari miіdorida kredit olib, 1 gektar maydonda issiqxona va tomat pastasi ishlab chiqarish sexi faoliyatini tashkil etdik. Ikkinchi bosqichda mazkur bank muassasasining 624,88 ming dollarlik krediti hisobiga 1,3 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmuasini ishga tushirib, bodring yetishtirishni yo’lga qo’ydik. Uchinchi bosqich ro’yobi ham ko’p kuttirmadi. Korxonamizga issiqxona qurish uchun qo’shimcha 2 gektar yer maydoni va 750 ming AQSh dollari miqdorida bank krediti ajratildi. Natijada issiqxonalarimiz soni uchtaga, umumiy maydoni 4,3 gektarga yetdi. Jalb qilingan bank kreditlari hajmi esa 1,9 million dollardan oshdi. Hozirgi kunda “oynavand dala”larimizda o’rtacha hosildorlik gektariga 50 sentnerni tashkil etmoqda. Yetishtirilayotgan mahsulotning 70 foizini eksport qilishni mo’ljallayapmiz. Bu esa o’rta hisobda 1,6 million AQSh dollari miqdorida valyuta tushumini ta’minlaydi. Mahalliy budjet va budjetdan tashqari jamg’armalarga yiliga bir milliard so’mga yaqin soliq va majburiy ajratmalar to’lash orqali tumanimiz iqtisodiyotiga ham o’z hissamizni qo’shyapmiz. Eng muhimi, korxonamiz ish boshlashi bilan yuzga yaqin kishilar, ­ayniqsa, xotin-qizlar doimiy ish o’rniga ega bo’ldi. Ushbu bank ­bilan hamkorlikda kelgusida yana ko’plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz.

Nigora RO’ZMETOVA, «Xorazm avto lada» MChJ rahbari:

Hozirgi kunda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida nafaqat ­davlat, balki xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Biz ham shu maqsadda zamonaviy klinika tashkil qilishni rejalashtirib, o’z mablag’imiz hisobiga barcha qulaylikka ega bino barpo etdik. Muassasamiz uchun zarur tibbiy jihozlar va uskunalar sotib olish maqsadida “Qishloq qurilish bank”ining Xorazm mintaqaviy ­filialiga kredit so’rab murojaat etdik. Qisqa muddatda ajratilgan 1,3 milliard so’m miqdoridagi mablag’ zarur tibbiy uskunalarni keltirib o’rnatish hamda klinikamizni ishga tushirishda qo’l keldi. Hozirgi kunda muassasamizda 22 nafar malakali shifokor va o’rta tibbiyot xodimi tomonidan bemorlarni ambulator davolash hamda jarrohlik muolajalari amalga oshirilmoіda. Loyiha bo’yicha aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishdan 3 yilda 2 milliard 826 million so’mlik daromad olish ko’zda tutilgan. Iqtisodiy ko’rsatkichlar o’z yo’liga, muhimi — xalqimiz salomatligi. Faoliyatimiz bank tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgani, asosiysi, loyihamizning el-yurtga nafi tegayotganidan xursandmiz.

Alisher ALLABERGANOV, «Urganch palas» MChJ rahbari:

— Prezidentimiz tomonidan 2017 yilning 4 may kuni qabul qilingan “2017 — 2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi qaror mazkur yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo’ldi. Ushbu hujjatdan turizm ­infratuzilmasi, jumladan, zamonaviy mehmonxonalar tizimini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko’rsatadigan inshootlar moddiy-texnika bazasini ­mustahkamlashga qaratilgan qator loyihalar o’rin olgan. Ayni kunda ular ijrosi doirasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Dunyo tajribasidan ma’lumki, sayyohlarga namunali xizmat ko’rsatishda mehmonxona xo’jaligi muhim o’rin tutadi. Viloyatda turizmni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida zamonaviy mehmonxonalar va mehmon uylari tizimini rivojlantirish ko’zda tutilgan. Biz ham sarmoyamizni istiіbolli soha sifatida turizmga yo’naltirdik. Loyiha ro’yobi uchun aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ining ­Xorazm mintaіaviy filialidan 1,5 milliard so’m kredit oldik.

Urganch shahrida barpo etilayotgan mehmonxona binosi o’ziga xos me’moriy yechimi, sayyohlar uchun yaratilgan qo’shimcha qulayliklari bilan ajralib turadi. Xorijiy va mahalliy sayyohlarga a’lo darajada xizmat ko’rsatish uchun barcha sharoit yaratiladi. Ushbu ko’rkam inshoot foydalanishga topshirilgach, Urganch turizm va mehmonxona xo’jaligi kasb-hunar kolleji bitiruvchilari uchun 15 ish o’rni yaratiladi. Shuningdek, mehmonxona qoshida loyiha qiymati 3 milliard so’m bo’lgan bouling markazi qurilishini olib boryapmiz. Ushbu loyihamizni ham “Qishloq qurilish bank”ining Xorazm mintaіaviy filiali 2,2 milliard so’mlik krediti orqali moliyaviy qo’llab-quvvatlamoqda.

Xulosa o’rnida aytish joizki, “Qishloq qurilish bank”ining ­Xorazm mintaqaviy filiali tomonidan olib borilayotgan puxta kredit siyosati hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yangi ish o’rinlari tashkil qilish, eksport imkoniyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida bank mintaqaviy filiali tomonidan ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalariga yo’naltiriladigan kreditlar salmog’i yanada ortadi. Bu esa yana ko’plab istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatidan dalolatdir.

«Qishloq qurilish bank» materiallari asosida O. ODAMBOYEV tayyorladi.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 17.07.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 590,00 8 650.00 8 584,50
1 EUR 9 200.00 9 900.00 9 673,87
1 GBP 10 600.00 11 400.0 10 793,29
1 JPY 60.00 85.00 79,57
1 CHF 8 300.00 8 900.00 8 724,09
1 RUB 90,0 140,0 136,34
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari