Rang sayt: A A A A
17.12.2018

Joriy yilning 17dekabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi dasturlarida “Qishloq qurilish bank” ATB ishtiroki” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda qayd etildiki, 2017-2018 yil dasturlari doirasida arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirish maqsadida jami 4 085,2 mlrd.so‘m, shu jumladan, ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan esa 1809,1 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘lar sarflandi. Sarflangan mablag‘larning 445,8 mlrd.so‘mi aholi mablag‘lari, 1 363,3 mlrd.so‘mi bank tomonidan ajratilgan imtiyozli ipoteka krediti mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri keladi.

photo_2018-12-17_14-22-34.jpg

2018 yil dasturidan boshlab namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan arzon uy-joylardan olish tartibiga ham o‘zgartirish kiritildi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyulda qabul qilingan “ 2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 iyuldan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda:
- 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida foiz to‘lash sharti bilan ipoteka kreditlari ajratilishi:

- qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarga dastlabki badal:

   0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli va ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) arzon uy-joylar uchun — 10 foiz miqdorida;
   0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun — 25 foiz miqdorida bo‘lishini belgilangan edi.

photo_2018-12-17_14-23-24.jpg

2018 yil 24 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim totfalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4028-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, 2019 yil dasturidan boshlab respublikamiz qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi “Obod qishloq” dasturi bilan o‘zaro uyg‘unlikda tashkil qilish belgilandi. Bunda:
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholisi zich bo‘lmagan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0.02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar;
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholisi zichligi yuqori bo‘lgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

photo_2018-12-17_14-23-41.jpg

2018 yil 1 iyulidan 31 dekabrga qadar imtiyozli ipoteka krediti - uch  yildan iborat imtiyozli davr bilan ajratilinishi belgilangan bo‘lsa, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ushbu imtiyozli ipoteka kreditining imtiyozli davri ikki  yildan iborat bo‘lishi belgilandi.
  
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi dasturlarida “Qishloq qurilish bank” ATB ishtirokiga doir masalalar, xususan, qishloq qurilishini kreditlash yo‘nalishida bank tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 17.10.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 420,00 9 480,00 9 455.24
1 EUR 9 900,00 10 700,00 10 438.58
1 GBP 11 000,00 12 000,00 11 958.04
1 JPY 70,00 95,00 87.23
1 CHF 9 000,00 9 800,00 9 488.45
1 RUB 100,00 155,00 147.25
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari