Rang sayt: A A A A
08.09.2018

Poytaxtimizdagi “Wyndham“ mehmonxonasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Ahmadali Asqarov qalamiga mansub “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli asarning rus tilida chop etilgan nashri – “Istoriya proisxojdeniya uzbekskogo naroda” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

1 (2).JPG

Tadbir ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi va unda tarixchi olimlar, arxeologlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

9 (2).JPG

O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan kitobda o‘zbek xalqining millat sifatida shakllanish jarayoni, milliy mentalitet tushunchasi va uning o‘ziga xosliklari tadqiq qilingan, boy moddiy, madaniyat va yozma manbalarning chuqur ilmiy tahlili berilgan.

15.JPG

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar asarga yuqori baho berib, 660 betdaniboratushbu monografiya o‘zbek xalqi tarixini yanada boyitishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishini, kitob so‘nggi yillarda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha yaratilgan eng yaxshi asarlar qatoridan o‘rin olishini ta’kidladi. Kitob olimning so‘nggi 40 yillik arxeologik izlanishlari, topilmalari, ilmiy-ijodiy mehnatining mahsulidir.

29.JPG

Kitobni rus tilidagi nashri ATB “Qishloq qurilish bank” homiyligida chop qilindi va monografiyani ingliz, xitoy tillariga tarjima qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 15.11.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8250.00 8320.00 8271.27
1 EUR 9200.00 9700.00 9374.66
1 GBP 10300.00 10800.00 10731.15
1 JPY 60.00 80.00 72.67
1 CHF 8200.00 8600.00 8227.66
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari