Rang sayt: A A A A


ATB “Qishloqqurilishbank” o‘z mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Android platformasi asosida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun zamonaviy dastur bo‘lgan «QQB Mobile» ilovasini ishga tushirdi.

Mazkur dastur yordamida bank mijozlari o‘zlarining mobil qurilmalari orqali kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari uchun to‘lovlar, jismoniy shaxslar nomiga olingan kreditlar uchun to‘lovlarni to‘lash hamda bir plastik kartadagi mablag‘larni boshqa plastik kartaga o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.

Mablag‘larni ATB “Qishloqqurilishbank” tizimida o‘tkazish bepul. Shuningdek, MUNIS to‘lov tizimi orqali turli xil xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar foydasiga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

           

Tizim imkoniyatlari:

- Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

- Internet provayderlar va raqamli televidenie xizmatlari uchun to‘lovlar;

- Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, ichimlik suvi va h.k.) amalga oshirish;

- Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

- Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;

- Onlayn Smart-Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;

- ATB “Qishloqqurilishbank” tizimi ichida mablag‘larni bir plastik kartadan boshqa kartaga o‘tkazish.

Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidan quyidagi usulda foydalanishlari mumkin:

«QQB Mobile» dasturiga ulanib ishlash uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi uyali aloqa telefonlari orqali PlayMarket ilovalaridan «QQB Mobile» mobil ilovasi yuklab olinadi.

QQB Mobile  Yuklab olish. 





Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 15.08.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7780,00 7860,00 7790.20
1 EUR 8800,00 9100,00 8888.62
1 GBP 9900.00 10300,00 9945.75
1 JPY 60,00 80,00 70.23
1 CHF 7800,00 8000,00 7827.77
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari