Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank”da Zolotaya korona, WesternUnion, MoneyGram, RIA, Contact va Azia Express xalqaro pul o‘tkazish tizimlari orqali xalqaro transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirish borasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun 43 ta shoxobcha (shoxobchalar dislokatsiyasi va ish rejimi) tashkil qilingan.

Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarida zamonaviy aloqavositalaridan foydalangan holda, qisqa muddatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan jismoniy shaxslarga xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini tezkor o‘tkazib berish bilan bog‘liq quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: 

- xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarini to‘lab berish;

-xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarini jo‘natish;

- tizimlar tomonidan taklif qilingan boshqa xizmatlar.

O‘tkazmalarni amalga oshirishda pul mablag‘larini qabul qilish va to‘lash naqd hamda naqdsiz (shu jumladan plastic kartalari orqali) ko‘rinishda, AQSh dollari va Yevroda amalga oshiriladi.  Undan tashqari, to‘lovlar mijozning xohishiga ko‘ra, to‘liq yoki qisman milliy valyutada ham amalga oshirilishi mumkin.

moneygram.gif

   Money Gram
                                          396eaec9fe32aae15f15a19e1de3f68559aca83e.png    Ria
pastedImage.png

   Contact



   Western Union
                               azia.jpg    Азия Экспресс

   Золотая корона



Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan kelgan pul mablag‘larini qabul qilish uchun bankka kelish shart emas!


Bunda "QISHLOQ QURILISH BANK"ning “QQB Mobile” mobil ilovasidan foydalanasiz.

O‘tkazmani qabul qilish uchun Sizda “QQB Mobile” mobil ilovasiga ulangan "QISHLOQ QURILISH BANK" filiallarida ochilgan Uzcard, UnionPay yoki Visa kartalaridan biri boʻlishi kerak.

Agar Sizda bank kartasi bo‘lmasa, kartani uyingizga yetkazish bo‘yicha www.qqb.uz sayti orqali buyurtma berishingiz mumkin.

"Qishloq qurilish bank" — farovon hayotingiz xizmatida!

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
  1. Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?
    1. A'lo
      1018 (40%)
    2. Qoniqarsiz
      750 (30%)
    3. Xizmatlardan kelajakda foydalanaman
      297 (12%)
    4. Yaxshi
      264 (10%)
    5. O'rta
      207 (8%)
Valyutalar kursi 24.11.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 10 400,00 10 450,00 10 414.86
1 EUR 11 800,00 12 800,00 12 344.73
1 GBP 13 300,00 14 300,00 13 833.02
1 JPY 80,00 110,00 100.29
1 CHF 11 000,00 12 000,00 11 433.59
1 RUB 110,00 160,00 136.69
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari