Rang sayt: A A A A

BANK TOMONIDAN OCHILADIGAN XALQARO TO‘LOV KARTALARINING IMKONIYATLARI

Bank tomonidan ochiladigan xalqaro to‘lov kartalari orqali dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida joylashgan VISA logotipi mavjud bo‘lgan muassasalarda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

VISA xalqaro to‘lov kartalari egalari horijiy mamlakatlarda:

- davolanish;

- ta’lim olish;

- mehmonxona xizmatlari;

- chakana savdo do‘konlarda mahsulotlar xarid qilish;

- transport harajatlari to‘lash;

- ovqatlanish va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Shu bilan birga;

-         internet do‘konlarda xaridlarni amalga oshirish;

-         karta yordamida bron qilish operatsiyalarini amalga oshirish, ya’ni mexmonxona, aviachipta va boshqa xizmatlarga buyurtmalar berish mumkin.

-        

BANK TOMONIDAN OCHILADIGAN XALQARO TO‘LOV KARTALARIDAN FOYDALANISH TARTIBI

1. VISA KARTOCHKASI ORQALI TO‘LOVNI QANDAY AMALGA OSHIRISH KERAK?

  1. Bankomat ekranida «ВВЕДИТЕ КАРТУ» bandi chiqadi, Visa kartochkasini chipi tashqariga va oldinga qaragan holatda bankomatga kiritiladi.
  2. Bankomat ekranida «ВВЕДИТЕ ПИН-КОД» bandi chiqadi va pin-kodi teriladi.
  3. Yashil rangli tugma bosiladi.
  4. Tegishli summa teriladi va yashil tugma bosiladi (agar summa noto‘g‘ri terilgan bo‘lsa, summani keraklicha to‘g‘irlash uchun sariq tugmani bosasiz).
  5. Bankomatdan chek nusxasi chiqquncha kutish kerak, chekda «ОДОБРЕНО» bandi chiqadi shundan so‘ng yana siz kiritgan summa naqd ko‘rinishda bankomatdan chiqadi.
  6. Agar kartangiz bankomat ichida qolib ketsa, bankomat sirtiga joylashtirilgan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib muammoingizni hal qilishingiz mumkin.

2. KARTOCHKA HISOBIDA QANCHA PUL QOLGANLIGINI ANIQLASH.

  1. Bankomat ekranida«ВВЕДИТЕ КАРТУ» bandi chiqadi, Visa kartochkasini chipi tashqariga va oldinga qaragan holatda bankomatga kiritiladi.
  2. Bankomat ekranida «ВВЕДИТЕ ПИН-КОД» bandi chiqadi va pin-kodi teriladi.
  3. Bankomat ekranida «СОСТОЯНИЕ СЧЕТА» bandiga kirib, yashil tugma bosiladi.
  4. Hisobingiz qanchaligi to‘g‘risidagi qoldiq mablag‘i bakomat ekranida ko‘ringandan keyin agar qoldiq haqidagi chek sizga kerak bo‘lmasa qizil tugmani bosasiz, kerak bo‘lsa yashil tugmani bosasiz va sizga bakomat qoldiq mablag‘i to‘g‘risida chekni chiqarib beradi.
  5. Bankomat ekranida «ОПЕРАЦИЯ ЗАВЕРШЕНА» bandi chiqqandan keyin yashil tugma bosiladi va kartochka bankomatdan olinadi.

DIQQAT !!!

Xalqaro to‘lov kartasi yo‘qolib qolganda, maxfiy paroli yo‘qotilganda yoki uni ishlatish bo‘yicha muammolar yuzaga kelganda quyidagi telefonga murojaat qilishingiz mumkin:

(0-371) 150-76-48

(0-371) 140-36-35


BANK TOMONIDAN OCHILADIGAN XALQARO TO‘LOV KARTALARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR

Bank tomonidan mijozlarga “Visa Classic” xalqaro to‘lov kartalari ochiladi.

“Visa Classic” xalqaro to‘lov kartalarining farqlovchi elementlari quyidagilar:


viza.jpg

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 12.12.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8020.00 8100.00 8093.00
1 EUR 9500.00 9560.00 9531.94
1 GBP 10800.00 10860.00 10842.19
1 JPY 60.00 75.00 71.25
1 CHF 8100.00 8180.00 8158.27
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari