Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A


Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari amal qilishi lozim bo‘lgan tariflarning yangi rejasiga

IZOH

Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari amal qilishi lozim bo‘lgan tariflarning yangi rejasini ishlab chiqdi.

Ushbu talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank plastik kartochkalari asosida hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1325–sonli qarori doirasida qabul qilindi.

Joriy yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tarif rejasiga ko‘ra, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9 foiz)dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilandi. 

Endilikda jismoniy shaxslar plastik kartochkalarining (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar, shu jumladan korporativ kartochkalar) foydalanish muddati tugaganda qayta emissiya qilishda (almashtirishda) bank xizmati haqi undirilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, bank emitentidan qat’iy nazar, jismoniy shaxsning plastik kartochkasidagi mablag‘lar boshqa bir jismoniy shaxs plastik kartochkasiga o‘tkazilganda yoki kirim qilinganda bank xizmati haqi undirilmaydi.

Shuningdek, yangi tariflar rejasida tadbirkorlik sub’ektlariga ham qator qulayliklar yaratilgan. Masalan, ular uchun korporativ plastik kartochka emissiya qilinganda bank xizmati haqi Markaziy bank rasmiy kursi bo‘yicha 5 evro qilib belgilandi. Ilgari bu miqdor 20 evrogacha etib belgilangan edi.

Yangi tariflardagi yana bir o‘zgarish yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning shikastlangan va yo‘qotilgan korporativ kartochkalari bilan bog‘liq. Yaroqsiz va yo‘qolgan korporativ kartochkalar yangisiga almashtirib berilayotganda bank 10 evrogacha (ilgari 25 evrogacha) xizmati haqi undiradi.

 

12.04.2016 y.
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 25.07.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 4109.00 4151.00 4070.38
1 EUR 4698.00 4707.00 4697.67
1 GBP 5297.00 5302.00 5296.79
10JPY 368.00 369.00 367.00
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari