Rang sayt: A A A A

PLASTIK KARTOCHKALAR


Bugungi kunda ilmiy texnikaning jadal rivoji, axborot olamining shiddatliligi va global texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarining kengayib borishi tijorat banklari oldiga ham o‘z mijozlari uchun zamonaviy elektron hisob-kitoblar tizimiga asoslangan, takomillashgan bank xizmatlari turini yanada optimallashtirish kabi ustuvor vazifalarni qo‘ymoqda.

Shu o‘rinda, bugungi hayotimizda o‘zining tobora ommalashib borayotganligini hamda qulay va arzon imkoniyatlarini yaqqol namoyon qilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmi, xususan, plastik kartochkalar tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.


“Ish haqi” loyihasi:

Bank katta tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari xodimlariga ish haqini so‘m plastik kartochkalarida berishni joriy yetmoqda.

Korxonalar o‘z xodimlariga barcha daromadlarini o‘tkazish uchun ularga kartochkalar ochtirib, katta miqdordagi naqd pulni olish, saqlash va berish bilan bog‘liq o‘z xarajatlarini kamaytirmoqda. Xodimlar esa ish haqi olinadigan vaqtdan qatiy nazar, istalgan vaqtda kerakli summani kartochkadan olish va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqdalar.

Plastik kartochkalarga faqatgina ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlargina emas, balki pensiyalar, stipendiyalar, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan dividendlar, lotereyalardan olingan yutuqlar, turli sug‘urta va ijtimoiy to‘lovlar kabilar plastik kartochkalarga naqdsiz o‘tkazilishi mumkin.



“ON-LINE” plastik kartochkalar

Bugungi kunda bank tomonidan xalqaro standartlariga asoslangan yangi so‘m plastik kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda.

“On-line” tizimida ishlaydigan so‘m plastik kartochkalar quyidagi qulayliklarga ega:

• Plastik kartochkalar “on-line” tizimida ishlaydi;

• Agar mijoz tomonidan plastik kartochkasi yo‘qotilgan taqdirda shu zahoti blokirovka qilish imkoniyati mavjud.

• Kelib tushgan mablag yoki o‘tkazilgan tranzaksiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS orqali uyali telefoningizga kelib turadi.

• Bankka kelib plastik kartochkanni “zagruzka” qilish zaruriyati mavjud emas


YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT:

Protsessing markazi – to‘lov tizimida ishtirok etuvchi banklar bilan, banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha o‘zaro moliyaviy hisoblashishni amalga oshiradigan, to‘lov tizimi ishtirokchilarining axborot borasida o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirishni va ma’muriy tartibga solishni amalga oshiradigan hisob-kitob banklari bilan shartnoma munosabatlari orqali bog‘liq tashkilotdir. Protsessing markazi ekveyer bankdan emitent bankka tranzaksiyalar (to‘lovlar yoki naqd pul berish) yo‘nalishlarini, hamda boshqa to‘lov tizimlari tranzaksiyalari jo‘natish va qabul qilishni ta’minlaydi.


Plastik kartochkadan foydalanuvchilar uchun

Terminallardan foydalanuvchilar uchun


18.09.2017 y.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari