Rang sayt: A A A A


Milliy valyutada

Jamg'armali omonat turlari

Omonat nomi Asosiy shartlari

"Qurilishga boshlang‘ich badal"

13 oy
Omonatga 13 oygacha muddatga mablag‘ qabul qilinadi, yillik 1 % ustama hisoblanadi. Mablag‘ qonunchilikda ta’qiqlanmagan mablag‘lar hisobidan shakllantirilishi mumkin. Omonat foizi uning muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi. Omonat muddatidan oldin talab etilganda hisoblangan foiz to‘lovlar omonatchiga to‘lanmaydi.
Shartnoma na'munasi

"Kafolat"

3-13 oygacha
Ushbu omonatga mablag‘lar milliy valyutada, naqd pul shaklida qabul qilinadi, yillik 15% ustama hisoblanadi.  Hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilib boriladi va omonat muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi. Omonatga qo‘shimcha mablag‘ kiritilib borilishi mumkin.
Shartnoma na'munasi

"Kommunal xizmat"

6-24 oygacha
Ushbu omonatga mablag‘lar milliy valyutada, naqd pul shaklida yoki jismoniy shaxslarning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan daromadlari shuningdek, bank plastik kartalaridan qabul qilinadi va yillik 16% ustama hisoblanadi. Omonatga hisoblangan foizlar mazkur omonatchi nomidan uy-joy, kommunal to‘lov xizmati tashkilotlariga avans tariqasida yoki omonatchining tashkilot oldidagi qarzdorligini so‘ndirish uchun ko‘chirib beriladi (foizlar naqd pul shaklida berilmaydi)
Shartnoma na'munasi

"Obod turmush"

13-36 oygacha
Ushbu omonatga mablag‘lar naqd pul shaklida yoki jismoniy shaxsning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hisobidan qabul qilinadi. Omonatga ustama yillik MB amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida ustama hisoblanadi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda omonatchining namunaviy loyihalar asosida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyi bo‘yicha mavjud imtiyozli-ipoteka kreditlari foizlari hamda imtiyozli-ipoteka krediti asosiy qarzdorligini to‘lovi uchun yo‘naltiriladi. Omonatga qo‘shimcha mablag‘lar kiritilib borilishi mumkin.
Shartnoma na'munasi

"Barkamol avlod"

16 yoshgacha
Ushbu omonatga mablag‘lar milliy valyutada, naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foizlar yillik kapitalizatsiya qilib boriladi va yillik MB amaldagi qayta moliyalash stavkasining 105 % miqdorida (14,7 %) ustama hisoblanadi. Omonatga qo‘shimcha mablag‘ kiritilib borilishi mumkin. Omonatga joylashtirilgan mablag‘ va unga hisoblangan foizlar omonatchi 16 yoshga to‘lgandan so‘ng beriladi. Omonat 13 oydan ortiq muddat saqlanganda, omonat omonat summasini qaytarib olish talab etilganda ushbu omonatga yillik Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 75% miqdoridan kelib chiqib to`lib beriladi. 

Shartnoma na'munasi

"Buyuk kelajak"

18 yoshgacha 
Ushbu omonatga mablag‘lar milliy valyutada, naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foizlar yillik kapitalizatsiya qilib boriladi va yillik MB amaldagi qayta moliyalash stavkasining 110 % miqdorida (15,4 %) ustama hisoblanadi. Omonatga qo‘shimcha mablag‘ kiritilib borilishi mumkin. Omonatga joylashtirilgan mablag‘ va unga xisoblangan foizlar omonatchi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng beriladi. Omonat 13 oydan ortiq muddat saqlanganda, omonat omonat summasini qaytarib olish talab etilganda ushbu omonatga yillik Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 75% miqdoridan kelib chiqib to`lib beriladi. 

Shartnoma na'munasi

“Kafolatli daromad”

13-36 oygacha
Ushbu omonatga mablag‘lar milliy valyutada faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi va yillik MB amaldagi qayta moliyalash stavkasining 125 % miqdorida ustama hisoblanadi. Omonatga foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 115 % miqdorida (bir yuz o'n besh) (foizlar O‘zbekston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 115% miqdorida suzib yuruvchi stavkada) foizi miqdoridan hisoblanadi. Omonat 13 oydan ortiq muddat saqlanganda, omonat omonat summasini qaytarib olish talab etilganda ushbu omonatga yillik Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 75% miqdoridan kelib chiqib to`lib beriladi. 

Shartnoma na'munasi


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 17.07.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7760,00 7830,00 7787,81
1 EUR 8900,00 9200,00 9100,06
1 GBP 10100,00 10500,00 10304,83
1 JPY 60,00 80,00 69,31
1 CHF 7700,00 7900,00 7775,37
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari