Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish



Yosh oilalarga iste`mol krediti berish to`g`risida

(O‘zbekiston Respublikasining 06.05.2006y. 33-sonli “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonuni)

Asosiy shartlar

Miqdori

Eng kam oylik ish haqining 25 barobaridan 500 borabarigacha bo‘lgan miqdoridan oshmagan holda milliy valyutada ajratiladi.

Muddati

3 oydan - 3 yil muddatgacha beriladi.

Foizi

Yosh oilalarga istemol krediti Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bolmagan foiz stavkada olti oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Kredit maqsadi

a) audiotexnika, videotexnika, radio-elektron va kompyuter jihozlari sotib olish uchun;

b) maishiy texnikalar (muzlatgich, sovutgich, kir yuvish mashinasi, chang yutgich va boshqa shunday texnikalar) sotib olish uchun;

c) mebellar, interer buyumlari, sport va santexnika jihozlari, uy-joyni ta’mirlash bilan bog‘liq harajatlar uchun;

d) to‘lov-kontrakt asosidagi ta’lim muasasalarida o‘qish uchun;

e) davolanish uchun (jumladan, dam olish uylari va sanatoriyalarga yo‘llanma sotib olishga);

Iste’mol krediti faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ish, xizmatni) xarid qilish uchun berilishi mumkin.

Kredit ta’minoti

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan birini yoki bir nechtasini taqdim etilishi mumkin:

a) mol-mulk garovi;

b) qimmatli qog‘ozlar garovi;

c) chet el valyutasida yoki so‘mdagi bank va boshqa kredit muassasalaridagi depozit ko‘rinishidagi mablag‘lari garovi;

d) bank, moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyasi yoki kredit muassasalarning kafolati;

e) uchinchi shaxs kafilligi.

Qo‘shimcha shartlar

Iste’mol krediti olish uchun buyurtmachi xarid qilinayotgan mulkning kamida 20 foizini naqd pulda yoki (OATB “Qishloq qurilish bank”dagi omonat daftarchasidagi va plastik kartochkalardagi mablag‘larini ko‘chirish orqali) qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

 

 

Qarz oluvchi tomonidan iste’mol krediti olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qiladi:

a) kredit buyurtmasi

b) o‘zining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar (pasporti (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat) shaxsan ko‘rsatilgach, uning ksero nusxasi kredit yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi);

v) asosiy ish joyidan haqiqatdan ishlashi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

g) asosiy va qo‘shimcha ish joyidan oladigan ish haqi to‘g‘risida ish joyidan berilgan ma’lumotnoma;

d) yashash joyi manzili to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashi (mahalla qo‘mitasi) yoki uy-joydan foydalanish idorasi ma’lumotnomasi;

e) kredit qaytarilishi ta’minoti;

j) kredit buyurtmasining kamida 20 foizi miqdoridagi manbaga egaligini tasdiqlovchi ma’lumot;

z) xarid qilinadigan buyumni (jihozni) sotib olish to‘g‘risida sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma.

Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.


14.09.2015 y       11:00
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos yagona telefon orqali hizmatni baholang

Valyutalar kursi 23.05.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 3857.00 3896.00 3820.46
1 EUR 4246.00 4255.00 4245.83
1 GBP 4968.00 4973.00 4967.36
10JPY 343.00 344.00 342.52
Kalkulyatorlar Tariflari