Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti

Faylni ko`chirish


(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yilning 12-iyulida 1835-son bilan ro‘yxatga olingan “Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda ATB “Qishloq qurilish bank” Kengashining 2013 yil 29-martdagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan ipoteka krediti berish TARTIBI )

Asosiy shartlar

Miqdori

a) uy qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha;

b) uyni rekonstruksiya qilish, shuningdek, ko‘p qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha.

Muddati

Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha uch yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga beriladi.

Foizi

Yosh oilalarga ipoteka krediti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan foiz stavkasida ajratiladi.

Kredit maqsadi

Yosh oilalarga ipoteka kreditlari quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

a) uy qurish;

b) uyni rekonstruksiya qilish;

c) birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorlaridagi uyni yoki ko‘p qavatli uydagi kvartirani sotib olish.

Kredit ta’minoti

a) qurilayotgan uy u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;

b) ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o‘tadigan uy yoki ko‘p qavatli uydagi kvartira;

c) qarz oluvchining mulki bo‘lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan uy garovi hisoblanadi.

Qo‘shimcha shartlar

Ipoteka krediti berishda qarz oluvchiga/sherik qarz oluvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

b) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, qarz oluvchi va uning erining (xotining) yoshi 30 yoshdan oshmagan hamda birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tgan bo‘lishi lozim;

c) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

d) ish beruvchi bilan o‘zaro munosabatlar hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi (asosiy ish joyi bo‘yicha mehnat daftarchasidagi yozuv; o‘rindoshlik asosida ishlash uchun mehnat kontrakti);

e) oxirgi 12 oy mobaynida doimiy ish joyidan, yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatidan yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanishdan doimiy daromadga yoxud qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lishi;

f) dastlabki badal uchun sotib olinadigan turar joy/quriladigan turar joy/turar joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25% miqdoridagi mablag‘ mavjud bo‘lishi;

g) kredit tashkilotlaridan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzi bo‘lmasligi;

h) kreditni qaytarish bo‘yicha oylik to‘lov summasi qarz oluvchining/sherik qarz oluvchilarning soliqlar to‘langanidan keyingi jami daromadining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi yoki qarz oluvchining oilasi jami daromadining 60 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

i)Kreditlanayotgan ko‘chmas mulk ob’ekti - uy­-joy O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lishi lozim.

Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi sherik qarz oluvchilar bank filialiga quyidagilarni taqdim etadilar:

1) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;

2) qarz oluvchining sherik qarz oluvchilarning pasporti nusxasi (barcha betlari, hujjatlarni topshirish vaqtida hujjatlarni qabul qiluvchi xodimga qarz oluvchilar pasportlarining asl nusxalari ko‘rsatilishi shart);

3) oila tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma;

4) qarz oluvchining sherik qarz oluvchilarning va qarz oluvchi bilan birga yashaydigan oila a’zolarining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar:

5) taklif qilingan garov bo‘yicha hujjatlar,

6) ko‘chmas mulk ob’ekti qiymatini tasdiqlovchi hujjat - dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;

7) qarz oluvchining nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamiga pul mablag‘lari joylashtirilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi. Bankdagi jamg‘arma omonat hisob raqamidagi pul mablag‘larining jami summasi sotib olinayotgan turar joy qiymatining 25 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas;

8) turar joy sotuvchisining pasporti nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida hujjatlarni qabul qiluvchi xodimga sotuvchi pasportining asl nusxasi ko‘rsatilishi shart);

9) nikohdan o‘tganlik haqida guvohnomaning nikoh shartnomasining nusxasi (agar sotuvchi nikohda bo‘lsa);

10) sotuvchining turar joyga bo‘lgan mulk huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

11) sotuvchining ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqining yuzaga kelishi uchun asos bo‘ladigan hujjat nusxasi (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartnomasi, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma, xususiylashtirilgan uy-joyga mulkchilik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi, sud qarori va hokazo) - mavjud bo‘lganda taqdim etiladi;

12) turar joyga va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxaslari (qarz oluvchining (sotib oluvchining) turar joyga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin taqdim etiladi).

13) nikohdan o‘tganlik haqida guvohnomaning nikoh shartnomasining nusxasi;

14)  bola tug‘ilganligi haqida guvohnoma(lar) nusxasi(lari) (voyaga yetmagan bolalar mavjud bo‘lgan taqdirda).

Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.

 

11.09.2015 y.      11:38
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos yagona telefon orqali hizmatni baholang

Valyutalar kursi 23.05.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 3857.00 3896.00 3820.46
1 EUR 4246.00 4255.00 4245.83
1 GBP 4968.00 4973.00 4967.36
10JPY 343.00 344.00 342.52
Kalkulyatorlar Tariflari