Rang sayt: A A A A

“Qishloq qurilish invest” IK MChJ ishtirokida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish dasturi.

“Qishloq qurilish invest ” IK MChJ ishtirokida qishloq joylarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylarning qurilishi ularni kamida 100 kvartirani o‘z ichiga olgan mikromassiv shaklida faqat aholi zich yashaydigan hududlarga joylashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Dasturga ko‘ra arzon uy-joylar - mulk huquqi bilan turar-joyi yo‘q va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashaydigan oilalar, boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oilalar, ko‘p bolali oilalar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar), tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oilalar, kam ta’minlangan oilalar, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oilalarga beriladi.

Ushbu dastur doirasida uy-joy oluvchi fuqarolarga 20 yil muddatga bir yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki 5 yil mobaynida  qat’iy belgilangan 7 foizdan xar yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiningqayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’rda oshirib boradigan stavka bilan, keyingi davrda esa  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida  foiz  to‘lash sharti bilan, uy-joy yakuniy qiymatining 90 foizidan oshmagan miqdorada ipoteka krediti ajratiladi.

Ipoteka kreditlari quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga beriladi:

·         Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;

·         doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslarga;

·         barpo etilayotgan uy-joy smeta qiymatining kamida: 10 foiz miqdorida boshlang‘ich badal uchun mablag‘ga ega bo‘lgan shaxslarga;                                                                                            ·         kredit tashkilotlaridan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan;

·    tuman hokimliklari huzurida tashkil qilingan talabgor fuqarolarni tanlash komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolarga ajratilinadi.

Birgalikda qarz oluvchi -  qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari va boshqa shaxslar).

Boshlang‘ich badal - qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida  10 foiz miqdoridagi Qarz oluvchining( birgalikda qarz oluvchining) o‘z  mablag‘lari yoki yuridik shaxs – Qarz beruvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqimga pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar.

Taqdim etiladigan hujjatlar

1) kredit buyurtmanomasi;

2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining nusxasi;

3) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

4) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi tanlangan uy-joyni loyiha smeta qiymatining 10 foizi dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalning bankda jamg‘arilganligini tasdiqlovchi xujjati;

5) “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasining viloyat filiali bilan imzolangan uy-joy qurilishiga buyurtmachi funksiyasini bajarishga dastlabki shartnoma;

6) Tuman xokimligi xuzurida tuzilgan talabgor fuqarolarni aniqlash komissiyasi tomonidan  berilgan  uy-joyga muxtojligini aks ettiruvchi tavsiyanoma;

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning moliyaviy

ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar 

1) doimiy ish joyiga ega bo‘lganlar uchun :

- xodimning oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan bo‘lsa-ishlagan davri uchun)  daromadlari to‘g‘risida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) va oila a’zolari ishlaydigan korxona (muassasa) tomonidan belgilangan shaklda berilgan ma’lumotnoma;

2) boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun:

- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar nusxalari;

- dehqon/fermer xo‘jaliklari boshliqlari hisoblanadigan yoki yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolarning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalari nusxalari.


Ipoteka krediti kalkulyatori


Arzon uy joylarga talabgorlarni tanlash tartibi(PDF 2247kb)



Anketa ariza 

Yozma tavsiya 


Hujjatlar ro'yxati
 

 

Ijtimoiy ustuvorlik


            Qishloqqurilishbank – farovon hayotingiz xizmatida!


 







 

24.12.2019


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
  1. Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?
    1. A'lo
      1018 (40%)
    2. Qoniqarsiz
      750 (30%)
    3. Xizmatlardan kelajakda foydalanaman
      297 (12%)
    4. Yaxshi
      264 (10%)
    5. O'rta
      207 (8%)
Valyutalar kursi 20.10.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 10 350,00 10 390,00 10 371.76
1 EUR 11 700,00 12 700,00 12 153.63
1 GBP 13 000,00 14 000,00 13 393.05
1 JPY 80,00 110,00 98.40
1 CHF 11 000,00 12 000,00 11 340.21
1 RUB 110,00 160,00 133.19
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari