Rang sayt: A A A A

ASOSIY SHARTLAR

Kredit olishga qo‘yiladigan talablar

    Mikroqarz shartnoma asosida qaytarishlilik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida quyidagi talablarga javob beruvchi jismoniy shaxsga milliy valyutada beriladi:

    a) mikroqarz olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga;

    b) mikroqarz bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan doimiy o‘rtacha oylik daromadga (ish haqi, pensiya va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa doimiy daromadlarga) ega bo‘lgan shaxslarga;

    v) kredit tashkilotlaridan kredit(mikroqarz, overdraft)lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzi hamda salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmagan shaxslarga.

    Mikroqarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari yuzasidan solidar tartibda javob beruvchi birgalikda qarz oluvchi(lar) qatnashishi shart. Yuqorida qayd etilgan “b” va “v” xatboshi qarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari) hamda boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi(lar) bo‘lishi mumkin.

Miqdori

  Mikroqarz eng kam ish haqining 100 baravaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladi.

Muddati

     1 (bir) oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha beriladi.

To‘lov shakli

   Naqd yoki qarz oluvchining nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish yo‘li bilan.

Foiz stavkasi

   Oylik 3 foiz

Mikroqarz maqsadi

   Maqsadlilik shartlari qo‘llanilmaydi

Kredit ta’minoti

    Ta’minotsiz

Taqdim etiladigan hujjatlar

ariza (mikroqarz buyurtmasi);

qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi(lar)/to‘lovchi pasporti;

qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi(lar)ning oxirgi                    

12 oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;

qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi(lar)ning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib borilgan ajratmalarini tasdiqlovchi Xalq banki ma’lumotnomasi.

Qo‘shimcha shartlar

     Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi(lar)ning yillik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlarining (soliq to‘lovlari va ajratmalar ushlangandan so‘ng qolgan) o‘rtacha oylik miqdorining 60 foizi – qarz oluvchining to‘lov jadvali bo‘yicha eng ko‘p to‘lanadigan bir oylik asosiy qarz va foiz to‘lovlari yig‘indisidan kam bo‘lmasligi lozim.

    Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi(lar)ning nomida kredit(mikroqarz, overdraft) mavjud bo‘lib, ular bo‘yicha oylik to‘lov daromadining 60 foizidan ortig‘ini tashkil qilgan taqdirda mikroqarz ajratilmaydi.

     Mikroqarz bo‘yicha 1 oylik imtiyozli davr tugagandan so‘ng keyingi 11 oyda teng taqsimlangan holda qaytarilishi shart.

     Mikroqarz qayta tiklanadigan (revolver) shaklda ajratilishi mumkin, bunda mikroqarzni qaytarish jadvalida belgilangan muddatlardan oldin to‘liq yoki qisman qaytarilganda, qaytarish jadvaliga qat’iy amal qilgan holda, mikroqarzdan qayta ishlatish mumkin bo‘lgan summadan foydalanish imkonini beradi.

Kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish muddati

Qarz oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 3 (uch) bank ish kuni. Murojaat rad etilgan taqdirda, ushbu muddatdan kechikmasdan qarz oluvchiga yozma shaklda ma’lum qilinishi shart.

Mikroqarz olishingiz mumkin bo‘lgan miqdorni aniqlashingiz uchun MIKROQARZ KALKULYATORIdan foydalaning!

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 16.01.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 360.00 8 440.00 8 356,18
1 EUR 9 100.00 9 700.00 9 582,03
1 GBP 10 300.00 10 800.00 10 730,17
1 JPY 60.00 80.00 76,99
1 CHF 8 200.00 8 600.00 8 492,05
1 RUB 90,0 130,0 124,97
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari