Rang sayt: A A A A

Asosiy shartlar

Kredit olishga qo‘yiladigan talablar

Iste’mol krediti shartnoma asosida qaytarishlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari bilan quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchiga beriladi:

a) iste’mol krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;

b) doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek iste’mol krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslarga;

v) kredit tashkilotlaridan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan hamda salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmagan shaxslarga beriladi.

Iste’mol krediti faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) xarid qilish uchun berilishi mumkin.

 

Miqdori

Iste’mol krediti eng kam ish haqining 10 baravaridan ortiq 300 baravaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladi.

Muddati

  3 (uch) oydan 5 (besh) yil muddatgacha beriladi.

To‘lov shakli

  Naqdsiz shaklda (oldi-sotdi shartnomasiga asosan pul ko‘chirish orqali)

Foiz stavkasi

Iste’mol krediti bo‘yicha foiz stavkalari mijoz va bank o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi.

Yosh oilalarga iste’mol krediti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan foiz stavkada 6 (olti) oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Kredit maqsadi

- audiotexnika, videotexnika, radio-elektron va kompyuter jihozlari sotib olish uchun;

- maishiy texnikalar (muzlatgich, sovutgich, kir yuvish mashinasi, changyutkich va boshqa shunday texnikalar) sotib olish uchun;

- mebellar, interer buyumlari, sport va santexnika jihozlari, uy-joyni ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun;

- transport vositalariga yoqilg‘i gaz ballonlari sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun;

- o‘ziga tegishli avtomashinani ta’mirlash va extiyot qismlarini sotib olish uchun;

- to‘lov-kontrakt asosidagi ta’lim muaassalarida o‘qish uchun (shu jumladan, haydovchilik guvohnomasi olishga o‘qish uchun);

- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha to‘lov-kontraktlari uchun;

- davolanish xarajatlari uchun (shu jumladan, dam olish uylari va sanatoriyalarga yo‘llanma sotib olishga);

- to‘y va marosimlar bilan bog‘liq xarajatlar uchun (to‘y marosimi, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, yubiley, motam va boshqa marosimlar uchun zarur jihozlar va xizmatlarga);

- turizm sohasidagi xizmatlarga;

- suv bochkalari, artezian quduqlari va aholi xonadonlarini suv ta’minotini yaxshilash bilan jihozlar va uskunalar uchun;

- elektr tokni ishlab beruvchi generatorlar va aholi xonadonlarida qo‘shimcha elektr ta’minotini tashkil etish bilan bog‘liq maqsadlar uchun;

- isitish qozonlari va aholi xonadonlarida isitish tizimlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun;

- qish mavsumida qishloq aholisi xonadonlarida isitish tizimlari uchun yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin, mazut, siqilgan va suyultirilgan gaz) zaxirasi va gaz balonlari sotib olish uchun;

-  aholi xonadonlarida qayta tiklanadigan energiya manbalarini tashkil etishga (quyosh batareyalari, quyosh energiyasi orqali isitish tizimlari, biogaz qurilmalari, shamol ventilyatorlari) va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun ajratiladi.

Kredit ta’minoti

a) bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;

b) uchinchi shaxsning kafilligi;

v) mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;

g) qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin.

Iste’mol krediti ta’minotiga jismoniy shaxs kafilligi rasmiylashtirilganda:

a) eng kam ish haqining 50 baravarigacha bitta jismoniy shaxs kafilligi bilan;

b) eng kam ish haqining 100 baravarigacha ikkita jismoniy shaxs kafilligi bilan;

v) eng kam ish haqining 100 baravaridan oshgan kreditlar garov ta’minoti asosida ajratiladi.

    Qarz oluvchi boshlang‘ich badal sifatida kreditning 75 foizi miqdorida naqd pul shaklida oldindan to‘lov amalga oshirilganda kredit ta’minoti sifatida mahalla fuqarolar yig‘ini kafilligini taqdim etishi mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar

 - ariza (kredit buyurtmasi);

 - o‘zining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar (pasporti (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat);   

 - asosiy ish joyidan haqiqatda ishlashi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

 - oylik daromadlari to‘g‘risida oxirgi bir yillik ma’lumotnoma;

 - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami nusxasi;

 - yashash joyi manzili to‘g‘risida mahalla fuqarolar yig‘ini yoki uy-joydan foydalanish idorasi ma’lumotnomasi;

 - kredit qaytarilishi ta’minoti;

 - xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish to‘g‘risida sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma.

 

Qo‘shimcha shartlar

    Ajratiladigan iste’mol krediti miqdori hamda kafil sifatida ishtirok etayotgan jismoniy shaxs kafillik berishning eng yuqori chegarasini belgilashda qarz oluvchi va kafillik beruvchining oxirgi bir yillik (3 oydan ortiq, lekin bir yildan kam muddat ishlagan bo‘lsa, mos davri uchun) ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlarini soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek boshqa to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan miqdorining 50 foizini kredit muddatiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

     Iste’mol krediti ajratilgan muddatdan kelib chiqqan holda, oylarga teng taqsimlangan holda qaytariladi. Bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq asosiy qarz va foiz to‘lovlari annuitet usulida amalga oshirilishi mumkin.

Kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish muddati

    Qarz oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 5 (besh) bank ish kuni. Murojaat rad etilgan taqdirda, ushbu muddatdan kechikmasdan qarz oluvchiga yozma shaklda ma’lum qilinishi shart.

 

06.06.2018 yil

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 17.07.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7760,00 7830,00 7787,81
1 EUR 8900,00 9200,00 9100,06
1 GBP 10100,00 10500,00 10304,83
1 JPY 60,00 80,00 69,31
1 CHF 7700,00 7900,00 7775,37
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari