Rang sayt: A A A A


Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

etishtirish uchun mikrokreditlar

Faylni ko`chirish


 

(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yilning 20-martida 2344-son bilan ro‘yxatga olingan ‘Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom)

Asosiy shartlar

Miqdori

eng kam ish haqining 100 baravarigacha ajratiladi.

Muddati

Ushbu mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz:

- mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlari sotib olish uchun bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;

- qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va etishtirish uchun – olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

- urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Foizi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda.

Kredit maqsadi

- mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlari sotib olish uchun;

- urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun.

Kredit ta’minoti

- mol-mulk garovi;

- bank yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati;

- uchinchi shaxs kafilligi;

- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Qo‘shimcha shartlar

Mikrokreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan uning to‘lov topshirig‘nomasiga asosan, kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mikrokredit olish uchun shaxsiy yordamchi xo’jalik yurituvchi jismoniy shaxs tomonidan tijorat bankiga quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

- mikrokredit berish so‘ralgan ariza;

- mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini Kengashi raisi tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvchi shaxsiy yordamchi xo‘jalik yurituvchi jismoniy shaxsda tomorqa uchastkasi mavjudligi hamda uning maydoni ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;

- o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatadi hamda undan nusxa taqdim etadi;

- kredit ta’minoti hujjatlari.

Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.


Qo`y va echki uchun mikrokreditlar
Kurka boqish uchun mikrokreditlar
Asalari boqish uchun mikrokreditlar
Baliqchilik uchun mikrokreditlar
Chorvo mollarini boqish uchun mikrokreditlar
Paranda boqish uchun mikrokreditlar
Uzumchilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar
Quyonchilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar

11.04.2017 y.    09:10  

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 19.09.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8150.00 8077.48
1 EUR 9647.00 9656.00 9646.13
1 GBP 10980.00 10985.00 10979.72
1 JPY 73.00 74.00 72.68
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari