Rang sayt: A A A A

A V T O K R ED I T

ASOSIY SHARTLAR

1. Qarz oluvchi kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

a) kredit oluvchi/sherik qarzdor(lar)ning pasport nusxasi;

b) kredit oluvchi/sherik qarzdor(lar)ning oxirgi 12 oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari to‘g‘risida (soliq ushlanmalari va ajratmalari ko‘rsatilgan holda) ma’lumotnoma;

v) kredit qaytarilishi ta’minoti.

2. Avtokredit:

- dastlabki badal – kamida 30 foiz;

- kredit muddati – 4 yilgacha;

- foiz stavkasi – shartnoma asosida;

- imtiyozli davr – 6 oy;

- asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng teng taqsimlangan holda.

3. Avtokreditning umumiy miqdoriga:

- sotib olinayotgan avtomobil qiymati;

- sug‘urta to‘lovi;

- Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lov;

- avtomobilga yoqilg‘i gaz balloni sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun to‘lov kiritilishi mumkin.

4. Kredit hisobidan sotib olingan avtomobil, garovga qo‘yilgandan so‘ng dastlabki badal kreditni so‘ndirishga yo‘naltiriladi.

5. Avtokredit shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlari yuzasidan yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar sherik qarz oluvchilar bo‘lib qatnashishi mumkin.

6. Endilikda qarz oluvchi va sherik qarz oluvchi/kafil(lar)ning yillik ish haqi va unga tenglashtirilgan daromadlari jami o‘rtacha oylik miqdorining 70 foizigacha kredit va unga hisoblangan foizlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi mumkin.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 16.01.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 360.00 8 440.00 8 356,18
1 EUR 9 100.00 9 700.00 9 582,03
1 GBP 10 300.00 10 800.00 10 730,17
1 JPY 60.00 80.00 76,99
1 CHF 8 200.00 8 600.00 8 492,05
1 RUB 90,0 130,0 124,97
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari