Rang sayt: A A A A

ATB «Qishloq qurilish bank» - qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun imtiyozli ipoteka kreditlarini taklif etadi

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi - bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-sonli, qaroriga muvofiq joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-4028-sonli qarorlariga muvofiq  2019 yildan boshlab qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi “Obod qishloq” dasturi bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qarorga muvofiq, dastur doirasida uy-joylarning quyidagi yangi namunalari joriy etildi:

- “Obod qishloq”  dasturiga kiritlgan aholi punktlarida, shuningdek aholisi zich bo‘lmagan va zarur muhandislik – transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0.02 ga o‘lchamli yer uchastkalirida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon  quriladigan)  arzon uylar;

-“Obod qishloq”  dasturiga kiritlgan aholi punktlarida, shuningdek aholi zichligi yuqori bo‘lgan va zarur muhandislik – transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;

Dasturga ko‘ra arzon uy-joylar - mulk huquqi bilan turar-joyi yo‘q va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashaydigan oilalar, boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oilalar, ko‘p bolali oilalar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar), tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oilalar, kam ta’minlangan oilalar, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oilalarga beriladi.

Ipoteka krediti - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha  uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida ajratiladigan  uzoq muddatli kredit;

Ipoteka kreditlari quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga beriladi:

· Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;

·  doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslarga;

·   barpo etilayotgan uy-joy smeta qiymatining kamida: 10 foiz miqdorida boshlang‘ich badal uchun mablag‘ga ega bo‘lgan shaxslarga;            

·   kredit tashkilotlaridan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan;

·    tuman hokimliklari huzurida tashkil qilingan talabgor fuqarolarni tanlash komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolarga ajratilinadi.

Miqdori - ipoteka krediti miqdori qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning to‘lovga qodirligini baholashdan kelib chiqqan holda belgilanadi uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan oshmasligi kerak.

Muddati - ikki  (2020 yil 1 yanvardan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun – bir) yildan iborat imtiyozli davr bilan 20 yilgacha

Kredit foizi – dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi 15 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida belgilanadi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasiga bosqichma bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.

Birgalikda qarz oluvchi -  qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari va boshqa shaxslar).

Boshlang‘ich badal - qarz oluvchiningarzon uy-joylar smeta qiymatining kamida  10 foiz miqdoridagi Qarz oluvchining( birgalikda qarz oluvchining) o‘z  mablag‘lari yoki yuridik shaxs – Qarz beruvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar.

Taqdim etiladigan hujjatlar

1) kredit buyurtmanomasi;

2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining nusxasi;

3) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

4) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi tanlangan uy-joyni loyiha smeta qiymatining 10 foizi dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich badalning bankda jamg‘arilganligini tasdiqlovchi xujjati;

5) “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasining viloyat filiali bilan imzolangan uy-joy qurilishiga buyurtmachi funksiyasini bajarishga dastlabki shartnoma;

6) Tuman xokimligi xuzurida tuzilgan talabgor fuqarolarni aniqlash komissiyasi tomonidan  berilgan  uy-joyga muxtojligini aks ettiruvchi tavsiyanoma;

Ipoteka krediti olishda qarz oluvchi garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk sug‘urtasi bilan bog‘liq xarajatlarni, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar

1) doimiy ish joyiga ega bo‘lganlar uchun :

- xodimning oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan bo‘lsa-ishlagan davri uchun)  daromadlari to‘g‘risida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) va oila a’zolari ishlaydigan korxona (muassasa) tomonidan belgilangan shaklda berilgan ma’lumotnoma;

2) boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun:

- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar nusxalari;

- dehqon/fermer xo‘jaliklari boshliqlari hisoblanadigan yoki yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolarning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalari nusxalari. 

Imtiyozlar

            Bank krediti hisobiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joy  qurayotgan qarz oluvchi, shuningdek mazkur kredit bo‘yicha qarz oluvchining sherik qarzdorlari bo‘lgan uning oila a’zolari (er, xotin, ota-ona, farzandlar)ning ipoteka krediti va unga hisoblangan foizlarini so‘ndirilishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar summasi daromad solig‘iga tortilmaydi.

        Jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida ipoteka kreditlarini to‘lab bo‘lmagunga qadar, xarid qilingan uy-joylar bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar.          

“Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi va uy-joy quruvchi fuqaro o‘rtasida shartnoma imzolanganidan so‘ng imorat quruvchi fuqaroga (0,02 ga yer maydonida joylashgan 2, 3 xonali bir qavatli uylar hamda 0,04 ga yer maydonida joylashgan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun) yer uchastkasini ajratish tuman (shahar) hokimining qarori bilan kimoshdi savdosi o‘tkazilmasdan umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk tarzida rasmiylashtiriladi.


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 11.12.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 510,00 9 550,00 9 537.55
1 EUR 10 200,00 10 900,00 10 545.67
1 GBP 12 000,00 13 000,00 12 527.57
1 JPY 70,00 95,00 87.83
1 CHF 9 000,00 10 000,00 9 631.94
1 RUB 110,00 155,00 149.88
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari