Rang sayt: A A A A

ATB “QISHLOQ QURILISHBANK” TOMONIDAN AYRIM TURDAGINIZOLARNI SUDGACHA HAL QILISHGA DOIR TUSHUNTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmuniga ko‘ra va 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2773-son  “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori  bilan  davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘rishi belgilandi.

      Nizolarni sudgacha hal qilish deganda taraflarning yuzaga kelgan nizolar (kelishmovchiliklar)ni sud organlarining aralashuvisiz hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tushuniladi.

            Nizolarni sudgacha hal qilishga qonun chiqaruvchi tomonidan ham fuqarolik, ham ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.  Ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar, arizachining xohishiga ko‘ra sudgacha yoki sud tartibida ham  hal qilinishi mumkin.

Nizolarni sudgacha, ya’ni sud muhokamasisiz hal qilish tartibidan har bir taraf manfaatdor.

       Birinchidan, talabnoma yuboruvchi qisqa muddatda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklashga erishadi.

            Ikkinchidan, taraflar da’voni rasmiylashtirish va uni sudga taqdim qilish, da’voni sudda ko‘rish jarayonida ishtirok etish bilan bog‘liq vaqtlari va mablag‘larini tejaydilar.

            Uchinchidan, davlat bojini to‘lash va sud chiqimlari bilan bog‘liq xarajatlarning oldi olinadi.

              To‘rtinchidan, shartnomaviy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik mustahkamlanadi hamda kelajakda  hamkorlikni yanada rivojlantirishga sharoit yaratiladi.

             Mazkur tamoyil faqat da’voni sudga topshirishgacha amalga oshirilishi mumkin, ammo keyinchalik sud instansiyalariga murojaat qilishni istisno qilmaydi.

Nizolarni sudgacha hal qilish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi:

            a) muzokaralar;

           b) mediatsiya;

           v) talabnoma yuborish.

           Shartnomalarda ko‘pchilik holatlarda nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyati ko‘rsatiladi, agar kelishuvga erishilmasa – nizolar sud tartibida hal qilinadi. 

Mediatsiya – nizoni xolis shaxs (mediator) ishtirokida hal qilish usulidir. Nizolarni sudgacha hal qilishning talabnoma yuborish tartibi  deganda taraflarning kelishmovchilikni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari va takliflari bayon qilingan xatlar (talabnoma va talabnomaga javob) almashinishi tushuniladi.

           Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma ishlari) bo‘yicha to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlarni yuritish davlat organlari va tashkilotlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy ishlarning asosiy bosqichlaridan biri hamda shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha huquqiy ta’minlashning samarali vositasi hisoblanadi.

            Talabnoma ishlarini yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarining xo‘jalik va moliyaviy holatini ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega.  

            Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizomning 16-bandi 4-kichik bandida (Prezidentning 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qaroriga 1-ilova) nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha ishlarda yuridik xizmat xodimlari faoliyatining quyidagi 3 ta shakli nazarda tutilgan:

            1) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;

            2) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda hamda davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

            3) davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi.

           Yuridik xizmat xodimlarini talabnoma ishlarini yuritishda ishtiroki jumladan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

            a) talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan axborot va hujjatlarni to‘plash, talabnomani yozish, rasmiylashtirish va tegishli yuridik yoki jismoniy shaxsga yuborish;

            b) davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqish, talabnomaga aloqador bo‘lgan hujjatlari o‘rganish, talabnomada bildirilgan talablarni to‘liq yoki qisman qanoatlantirish yoxud uni bajarishni rad qilish haqida javob tayyorlash va yuborish;

            v) yuborilgan va kelib tushgan talabnomalar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, ularni tahlil qilish, xo‘jalik, moliya, hisob-kitob, mehnat intizomi buzilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash va taqdim qilish.

            Talabnoma boshqa tarkibiy tuzilmalar (hisob-kitob, moliya, ta’minot va boshqa bo‘limlar) tomonidan bildirilayotganda yuridik xizmat ular ustidan nazoratni quyidagicha amalga oshiradi: 

boshqa tarkibiy tuzilmalarning mas’ul xodimlariga talabnoma bildirish tartibini tushuntiradi;

amaldagi qonun hujjatlari bilan ularni tanishtiradi;

zarur hollarda ularni huquqiy tayyorgarlikdan o‘tkazadi;

vaqti-vaqti bilan ularning talabnoma ishlarini tekshiradi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi;

murakkab masalalar bo‘yicha talabnomalarni tayyorlashga oid maslahatlar beradi;

davlat organi va tashkiloti rahbariga boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda talabnoma ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi.

            ATB “Qishloq qurilish bank” Yuridik xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan barcha turdagi shartnomalarda (tijorat, avtokredit, iste’mol krediti va ipoteka shartnomalari) vujudga keladigan nizolarni tomonlar o‘rtasida o‘zaro muzokara yoki qonunchilikda ruxsat berilgan yo‘llar bilan hal etilishi yoki unda natijaga erishilmasa, tegishli sud tomonidan hal qilinishi aks ettiriladi va bu borada kerakli tushuntirishlar beriladi.

           Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda nizolarni sudgacha hal qilish davlat organlari va tashkilotlari uchun buzilgan huquqlarni himoya qilishning afzal shakli hisoblanib, u qonuniylik prinsipiga mos keladi va davlatga ham, fuqarolar va yuridik shaxslarga ham tejamliroq hisoblanadi.

                                                                                                                   Bank yuridik xizmati

18/02/2020

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?







  
Valyutalar kursi 02.04.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 570,00 9 650,00 9 554.22
1 EUR 10 200,00 11 200,00 10 637.67
1 GBP 11 300,00 12 300,00 11 879.72
1 JPY 70,00 100,00 88.77
1 CHF 9 400,00 10 400,00 10 070.85
1 RUB 90,00 150,00 121.10
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari