Rang sayt: A A A A

ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga

xalqaro to‘lov plastik kartaga o‘tkazib berish orqali xorijiy valyutada mikrokredit ajratishning vaqtinchalik tartibi

ASOSIY SHARTLAR

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar kreditlash sub’ekti hisoblanadi.

2. Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 1000 (ming baravari) miqdoridan oshmaydigan so‘m ekvivalenti miqdorida xalqaro to‘lov plastik kartaga o‘tkazib berish yo‘li bilan xorijiy valyutada ajratiladi.

3. Xalqaro to‘lov plastik kartaga o‘tkazilgan kredit mablag‘ini bankomatlarda yoki boshqa usullarda nakd pul yechish orqali to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

4. Yakka tartibdagi tadbirkorlargamikrokreditlar xorijdan keltiriladigan xom-ashyo, tovar xizmatlar, butlovchi ehtiyot qismlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish hamda kengaytirish uchun yuqori texnologik asbob-uskunalar, innovatsion ishlanmalar va texnikalar sotib olish uchun - 18 oy muddatgacha ajratiladi.

5.Mikrokredit bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davri 3 oydan 6 oygacha qilib belgilanishi mumkin.

6. Mikrokreditning foiz stavkasi qarz oluvchi bilan kelishilgan holda, lekin yillik 12 foizdan kam bo‘lmagan miqdori belgilanadi.

7.Qarz oluvchiga berilgan mikrokredit va unga hisoblangan foizlar ajratilgan xorijiy valyutada qaytariladi. Bunda kredit va unga hisoblangan foizlarni ATB “Qishloq qurilish bank” (bundan buyon matnda “Bank” deb yuritiladi)dan xorijiy valyutani sotib olib qaytarishga ruxsat etiladi.

8. Qarz oluvchi kredit olish uchun bankning xizmat ko‘rsatuvchi filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  - Mikrokredit olish uchun ariza;

  - qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari(pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;

  - likvidli mol-mulk yoki milliy va chet el valyutasidagi depozit garovi.

9. Mikrokredit ta’minoti sifatida taqdim etilgan likvidli mol-mulk yoki milliy va chet el valyutasidagi depozit garovi kredit mablag‘ining kamida 125 foizini tashkil etishi lozim.

10. Mikrokredit bo‘yicha so‘ndirish muddatlari jadval ko‘rinishida pul tushumlari(pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-rejadan kelib chiqib tuziladi.

11. Qarz oluvchining xalqaro to‘lov plastik kartasi o‘tkazilgan kredit mablag‘idan sotuvchining hisobraqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan yoki terminal orqali hisob-kitob qilish yo‘li bilan foydalanishi mumkin. Bunda, qarz oluvchi tomonidan bankka to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni va mikrokredit hisobidan olib kelingan yuklar qarz oluvchining manziliga kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida yuklarni olib kelinganligini tasdiqlovchi bojxona yuk deklaratsiyalari va boshqa hujjatlarni taqdim qilishi shart.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 16.01.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 360.00 8 440.00 8 356,18
1 EUR 9 100.00 9 700.00 9 582,03
1 GBP 10 300.00 10 800.00 10 730,17
1 JPY 60.00 80.00 76,99
1 CHF 8 200.00 8 600.00 8 492,05
1 RUB 90,0 130,0 124,97
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari