Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish



(O‘zbekiston Respublikasining 15.09.2006y. 50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yilning 27-dekabrida 2546-son bilan ro‘yxatga olingan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizom)

Miqdori

eng kam ish haqining 1000 baravarigacha ajratiladi.

Muddati

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

- qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;

- aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha va boshqa maqsadlarga kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini (biznes reja) hisobga olgan holda shartnomaga asosan beriladi.

Foizi

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda.

Kredit maqsadi

- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun;

- xom-ashyo sotib olish uchun;

- mini jihozlar sotib olish uchun;

- savdo faoliyatini rivojlantirish uchun;

- servis va maishiy xizmatni rivojlantirish uchun;

- asosiy vositalar xarid qilish uchun;

- ishlab chiqarishni kengaytirish uchun;

- qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar.

Kredit ta’minoti

Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

- mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;

- tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati;

- uchinchi shaxs kafilligi;

- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

- ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Talab etiladigan hujjatlar

- ariza;

- qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja;

- qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno; - kredit ta’minoti hujjatlari; Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.

Qo‘shimcha shartlar

Mikrokreditlarni quyidagi maqsadlarga ajratish man etiladi:

a) ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga;

b) tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga;

v) savdo-vositachi korxonalar aylanma mablag‘larini shakllantirishga;

g) savdo ob’ektlarini qurishni moliyalashga, aholiga har xil o‘yinlar ko‘rinishidagi xizmatlarni ko‘rsatish va ular uchun uskunalar sotib olishga, qimor o‘yinlarini tashkil etishga;

d) ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olishga;

e) ma’muriy harajatlarni to‘lashga, shu jumladan xizmat avtomobillari ta’minotiga;

j) idora uchun mebel sotib olishga, uyali telefon, peyjer sotib olishga, aloqa xizmatlari uchun to‘lovga.


24.03.2014 y.
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos yagona telefon orqali hizmatni baholang

Valyutalar kursi 23.05.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 3857.00 3896.00 3820.46
1 EUR 4246.00 4255.00 4245.83
1 GBP 4968.00 4973.00 4967.36
10JPY 343.00 344.00 342.52
Kalkulyatorlar Tariflari