Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish




(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yilning 27-dekabrida 2546-son bilan ro‘yxatga olingan “Kichik tadbirkorlik su’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizom)

Miqdori

Shartnoma asosida

Muddati

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

- qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;

- aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha va boshqa maqsadlarga kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini (biznes reja) hisobga olgan holda shartnomaga asosan beriladi.

Foizi

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda.

Kredit maqsadi

- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun;

- xom-ashyo sotib olish uchun;

- mini jihozlar sotib olish uchun;

- savdo faoliyatini rivojlantirish uchun;

- servis va maishiy xizmatni rivojlantirish uchun;

- asosiy vositalar xarid qilish uchun;

- ishlab chiqarishni kengaytirish uchun;

- qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar.

Kredit ta’minoti

Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi: - mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;

- tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati; - uchinchi shaxs kafilligi; - qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi. – ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Talab etiladigan hujjatlar

Yuridik shaxs tashkil etgan holda:

 - ariza (kredit buyurtmanomasi);

 - qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan biznes-reja (investitsiya loyihalarida TIA);

 - Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan qabul qilingan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to’g’risida ma'lumotnoma (2a-son shakl), shuningdek, 90 kundan ziyod qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);

 - kredit ta’minoti hujjatlari;

 - shartnomalarni imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

 - Kolledjda bitirganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.


24.03.2017 y.
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank"ning tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 17.07.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7760,00 7830,00 7787,81
1 EUR 8900,00 9200,00 9100,06
1 GBP 10100,00 10500,00 10304,83
1 JPY 60,00 80,00 69,31
1 CHF 7700,00 7900,00 7775,37
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari