Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish




(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yilning 15-mayida 2364-son bilan ro‘yxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom)

Asosiy shartlar

Miqdori

Bank kafolati shartnomasi asosida

Muddati

Mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan bank kafolati shartnomasiga asosan belgilanadi.

Kafolat uchun to‘lov

Belgilangan ta’rif asosida, eng kam ish haqqining 4(to‘rt) barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

Kafolat maqsadi

Bank kafolati - bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat.

Kredit ta’minoti

Prinsipal taqdim etilgan kafolat bo‘yicha majburiyatni o‘z vaqtida bajarishning ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishi lozim: - likvidli mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; - prinsipalning kafolat bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik xatarining sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Qo‘shimcha shartlar

Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;

- muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;

- oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;

- ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.

Kafolat olish uchun prinsipal tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- kafolat buyurtmasi;

- kafolatdan foydalanishning butun davrini o‘z ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-reja;

- oxirgi hisobot sanasi bo‘yicha buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl);

- oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi.

Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.

24.03.2014 y.  11:30 
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos yagona telefon orqali hizmatni baholang

Valyutalar kursi 23.05.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 3857.00 3896.00 3820.46
1 EUR 4246.00 4255.00 4245.83
1 GBP 4968.00 4973.00 4967.36
10JPY 343.00 344.00 342.52
Kalkulyatorlar Tariflari