Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish



(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yilning 27-dekabrida 2546-son bilan ro‘yxatga olingan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizom)

Miqdori

Shartnoma asosida

Muddati

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi: - qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha; - aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha va boshqa maqsadlarga kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini (biznes reja) hisobga olgan holda shartnomaga asosan beriladi.

Foizi

Shartnoma asosida

Kredit maqsadi

- qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga; - aylanma mablag‘larni to‘ldirishga; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga.

Kredit ta’minoti

Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi: - mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi; - tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati; - uchinchi shaxs kafilligi; - qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi. – ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Talab etiladigan hujjatlar

- ariza; - qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja; - qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno; - kredit ta’minoti hujjatlari; Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.


24.03.2016 y.
Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?







  
Valyutalar kursi 02.04.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 9 570,00 9 650,00 9 554.22
1 EUR 10 200,00 11 200,00 10 637.67
1 GBP 11 300,00 12 300,00 11 879.72
1 JPY 70,00 100,00 88.77
1 CHF 9 400,00 10 400,00 10 070.85
1 RUB 90,00 150,00 121.10
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari