Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish


Moliyaviy lizing xizmati

          Bank tomonidan lizing xizmatlari ko'rsatilishida mijoz tomonidan lizinga olinishi mo'ljallanayotgan lizing ob'ektini bank taklif qilishi yoki mijozning o'zi mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga egadir.

Ma'lumki, lizing amaliyotlari ijara munosabatlarining bir ko'rinishi bo'lib unda uch tomon qatnashadi. 
- lizing beruvchi; 
- lizing oluvchi; 
- lizing ob'ektini sotuvchisi.

Lizing ob'ekti sifatida quyidagi ko'chmas va ko'char mulklar bo'lishi mumkin: 
- Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun texnologiya va dastgohlar, mini uskunalar, tibbiyot asbob uskunalari;
- Korxona va tashkilotlar uchun asosiy vositalar; 
- Dehqon va fermer xo'jaliklari uchun qishloq xo'jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari; 
- Tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun zarur bo'ladigan bino va inshootlar.

Bankning lizing xizmatidan foydalanish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim: 
- Lizing olish uchun ariza; 
- Oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlari yig'indisi; 
- Pul oqimlari tahlili ko'rsatilgan Biznes reja; 
- Lizing ob'ekti; 
- Ta'minot hujjatlari; 
- Loyiha amalga oshirilishi bilan bog'liq boshqa hujjatlar.

          Bank tomonidan mijozlarga turli xildagi mini uskunalar, texnika va texnologiyalar, bino va inshootlar, qishloq xo'jalik texnikalari, tibbiyot asbob uskunalari va boshqa mulklar lizingga berilishi davom etmoqda.

Bankning lizing xizmatidan foydalanish hisobiga mijozlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'lishadi: 
- Respublikaga moliyaviy lizing berish uchun olib kirilgan texnologik asbob uskunalar bojxona bojlari va QQS to'lovidan ozod qilinadi; 
- Lizing to'lovlari qo'shilgan qiymat solig'iga tortilmaydi; 
- Lizing oluvchi lizing ob'ekti bo'yicha mol-mulk solig'i to'lashdan ozod qilinadi; 
- Daromad solig'ini hisoblashda soliqqa tortish bazasidan lizing ob'ekti bo'yicha amortizasiya ajratmalari va lizing bo'yicha foiz to'lovlari chegirib tashlanadi.

Bank tomonidan lizing xizmati ko'rsatilishining asosiy shartlari

Talablar
Shartnoma shartlari
Lizingga beriladigan asosiy vosita turlari
Chegaralanmagan
Lizing oluvchilarga qo'yiladigan talablar (mulkchilik shakli, korxona ish hajmi va x.k.z.)
Chegaralanmagan

Lizing muddati:
-minimum
-maksimum

minimum 2,5 yil 
maksimum 10 yil

Lizing shartnomasi miqdori (lizing ob'ekti qiymati):
-minimum
-maksimum
Chegaralanmagan
Loyihada mijozning o'z mablag'lari ishtirokiga bo'lgan talablar
-
Lizing ob'ekti qiymatidan oldindan to'lov miqdori, foizda:
-minimum
-maksimum 
minimum 20%
Lizing oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan qo'shimcha ta'minot, lizing ob'ekti qiymatidan foizda
120%
Foiz stavkasi, yillik: 
-minimum
-maksimum 
Shartnomaga asosan kelishiladi
Lizing to'lovlarini amalga oshirish muddatlari
Lizing shartnomaga asosan kelishiladi
Komission to'lovlar ( lizing ob'ekti olib kelish, o'rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlar uchun.), foizda % lizing ob'ekti qiymatidan
-
Boshqa shartlar
-

15.05.2017 y.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 19.09.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8150.00 8077.48
1 EUR 9647.00 9656.00 9646.13
1 GBP 10980.00 10985.00 10979.72
1 JPY 73.00 74.00 72.68
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari