Rang sayt: A A A A

Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik va halqaro shartnomalar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar.

ATB “Qishloq Qurilish Bank” loyihaviy moliyalashtirish sohasida Xalqaro Moliya Institutlari va xorijiy banklar bilan keng hamkorlikda ish olib boradi. Hozirgi kunda sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan bir qator sarmoya loyihalari quyidagi Kredit Yo’nalishlari bo’yicha moliyalashtirilgan.


ATB «Qishloq qurilish bank» tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida sut mahsulotlari ishlab chiqarish sektorida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-2795-sonli qaroriga asosan jalb qilingan kredit liniya mablag‘larini o‘zlashtirish shartlari to‘g‘risida

MA’LUMOT


Liniyaning umumiy qiymati:

  1 600 000,0 AQSh dollari

Liniya doirasidagi xududlar:

  1. Jizzax viloyatlari;
  2. Qashqadaryo viloyatlari.

Yo‘nalishlar:

Investitsion maqsadlar uchun:

·              dehqon xo‘jaliklariga yuqori mahsuldorlikka ega zotdor yirik shoxli qoramollar va uskunalar (ixcham sog‘ish uskunalari, don tegirmonlari, yem tayyorlashga mo‘ljallngan boshqa uskunalar va boshqalar) (1 ta sub-qarzdorga 10 000 AQSh dollarigacha);

·              fermer xo‘jaliklariga yem-xashak ekinlarini yig‘ish texnikalarini sotib olish (kombaynlar hamda yem-xashak ekinlarini yig‘ish va qayta ishlash uchun boshqa texnikalar), sut va sut mahsulotlarini tashish uchun maxsus transport vositalari, sovutkich baklari, sut sog‘ish uskunalari hamda zotdor qoramollar sotib olish maqsadlarga (1 ta sub-qarzdorga 100 000 AQSh dollarigacha);

·              ishlab chiqaruvchi va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga veterinariya va zootexnika xizmatlari tashkil etish/modernizatsiya qilish maqsadlariga, shuningdek, yem mahsulotlari tayyorlash maqsadiga (veterinariya bo‘yicha 1 ta sub-qarzdorga 10 000 AQSh dollarigacha hamda yem mahsulotlari tayyorlash va boshqa ishlab chiqarish vositalari maqsadlariga 100 000 AQSh dollarigacha);

·              sut mahsulotlarini qayta ishlovchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga yangi texnologik uskunalar sotib olish, sut mahsulotlarini qadoqlash liniyalarini sotib olish, muzlatkich omborlari, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va boshqa maqsadlarga (1 ta sub-qarzdorga 250 000 AQSh dollarigacha).

Kreditning maksimal muddati:

-          Investitsion va lizing loyihalari uchun – 60 oygacha, kredit hisobiga sotib olinadigan tovarlarni to‘liq amortizatsion davridan oshmagan holda asosiy qarzni qaytarish bo‘yicha 12 oygacha imtiyozli davr bilan;

-          Aylanma mablag‘lar uchun – 18 oygacha.

Sub-kredit foiz stavkasi:

yillik 4,90 % (kredit qoldig‘iga nisbatan)

Yillik komissiya to‘lovi:

yillik 1,00 % (kredit summasidan)

Majburiyat uchun komissiya to‘lovi:

yillik 2,65% (QXRXJ tomonidan bankka sub-loyiha bo‘yicha resurs ajratilgan sanadan boshlab kredit ajratilgan sanaga qadar kreditning o‘zlashtirilmagan qismiga nisbatan)

Muddatidan oldin so‘ndirganlik uchun bir martalik komissiya to‘lovi:

yillik 5,00 % (kredit shartnomasida keltirilgan qarzni qaytarish grafigidan
3 (uch) oy va undan ortiq muddatga muddatidan oldin so‘ndirilayotgan mablag‘lar bo‘yicha kredit so‘ndirilgan kundan kredit muddatining oxirgi sanasigacha bo‘lgan davr uchun)

Kredit liniya afzalliklari:

·                   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2795-sonli qaroriga asosan mazkur kredit liniya hisobidan moliyalashtirilgan tovar (xizmat) va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (rasmiylashtirish xarajatlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘idan, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lov va yig‘imlardan ozod qilinadi. Ushbu imtiyozlar kredit liniyasining revolver mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan holatlarga ham tadbiq etiladi;

·                   Kredit mablag‘lari xorijiy valyutada ajratilib, kreditning asosiy qarz va foiz to‘lovlarini Markaziy bankning joriy kursi bo‘yicha milliy valyutada qaytarish imkoniyati.


25.10.2017 y.       17:05

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 12.12.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8020.00 8100.00 8093.00
1 EUR 9500.00 9560.00 9531.94
1 GBP 10800.00 10860.00 10842.19
1 JPY 60.00 75.00 71.25
1 CHF 8100.00 8180.00 8158.27
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari