Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish



(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yilning 27-dekabrida 2546-son bilan ro‘yxatga olingan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizom)

Miqdori

Shartnoma asosida

Muddati

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi: - qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha; - aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha va boshqa maqsadlarga kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini (biznes reja) hisobga olgan holda shartnomaga asosan beriladi.

Foizi

Shartnoma asosida

Kredit maqsadi

- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun;

- o‘z biznesini kengaytirish uchun;

- ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;

- mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, mol va parrandalar sotib olish;

- xom ashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish;

- qonunchilikda ta’qiqlanmagan tadbikrorlikning boshqa turlari uchun.

Kredit ta’minoti

Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

- mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;

- tijorat banki yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati;

- uchinchi shaxs kafilligi;

- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

- ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Talab etiladigan hujjatlar

 - ariza (kredit buyurtmanomasi);

 - qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan biznes-reja (investitsiya loyihalarida TIA);

 - Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan qabul qilingan ohirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-son shakl), shuningdek, 90 kundan ziyod qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);

 - kredit ta’minoti hujjatlari;

 - shartnomalarni imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.

 - Bundan tashqari, bank zarur hollarda boshqa hujjatlarni talab qilib olishi mumkin.


24.03.2017 y.


Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 17.06.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 520,00 8 540.00 8 518,68
1 EUR 9 100.00 9 700.00 9 652,52
1 GBP 10 600.00 11 400.0 10 847,69
1 JPY 60.00 85.00 78,75
1 CHF 8 200.00 8 800.00 8 625,64
1 RUB 90,0 135,0 131,33
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari