Rang sayt: A A A A


ATB "Qishloq qurilish bank" yuridik shaxslarga bank korporativ kartochkalarini taklif etadi.

 

Korporativ plastik kartochkalarning qulayliklari:

 

1. Korporativ kartochkalar - bu bank ish kunidan qat’iy nazar tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati.

2. Korporativ kartochkalar - xizmat safari va vakillik xarajatlarining ideal nazorat vositasi.

3. Korporativ kartochkalar - bu sizning firmangiz mablag‘larini samarali boshqarish imkoniyati.

4. Korporativ kartochkalar - bu xizmat safariga yuborilgan xodimingiz kartochkasini tezkor to‘ldirish imkoniyati.

5. Korporativ kartochkalar - bu sizning kompaniyangiz mablag‘laridan xavfsiz foydalanish imkoniyati.

 

Korporativ kartochkalardan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish xizmati bepul!

 

Korporativ kartochkani qanday olish mumkin?

 

  1. Korporativ karta hisobvarag‘ini ochish

 

ATB "Qishloq qurilish bank"i moliyaviy amallaringizni kartochkalarda aks ettirish uchun sizning kompaniyangiz nomiga alohida korporativ karta hisobvarag‘i ochadi. Sizning kompaniyangiz xodimi tomonidan kartochkadan foydalanib amalga oshirilgan barcha amallar  Karta hisobvarag‘ida aks ettiriladi.

 

Bank sizga talabingizdan kelib chiqqan holda, har oyda yoki tez-tez korporativ kartochka biriktirilgan xodimingiz tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning detallashtirilgan ko‘chirmasini taqdim etadi.

 

Korporativ karta hisobvarag‘ini ochish uchun Siz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz zarur:

- karta hisobvarag‘ini ochish uchun ariza;

- har bir karta saqlovchisi bo‘yicha to‘ldirilgan ariza-anketa.

 

2. Karta hisobvarag‘iga bank xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolash.

 

3. Kartochkani olish

Karta hisobvarag‘iga bank xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolangandan keyin 3 bank ish kunida kartochka tayyorlanadi. Kartochka bilan birgalikda sizga kartochkadan foydalanish qoidasini  taqdim etamiz.


 

4.Korporativ karta hisobvarag`I qanday to`ldiriladi

Karta hisobvarag`iga Siz kompaniyangizning joriy (talab qilib olguncha) hisobvarag`idan pul otkazishingiz mumkin.


5.Kartochkadan qanday to`lovlarni amalga oshirish mumkin va undan qanday foydalaniladi?

Korporativ bank kartasi saqlovchilari korporativ bank kartasidan foydalangan holda savdo va xizmat ko`rsatish korxonalarida to`lovlarni xarajatlarni milliy valyutada naqdsiz ko`rinishda amalga oshirishlari mumkin

Korporativ kartochka xuddi oddiy kartochkaday ishlaydi agar siz plastik kartochkadan hech qachon foydalanmagan bo`lsangiz ham-bu juda oddiy va yengildir.


 

 

Tel: +99871- 150-76-47

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

Valyutalar kursi 17.10.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8000.00 8100.00 8058.77
1 EUR 9470.00 9520.00 9515.80
1 GBP 10680.00 10725.00 10710.11
1 JPY 65.00 75.00 72.00
1 CHF 8240.00 8270.00 8261.17
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari