Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish





 

 

"Internet banking"

"Internet banking" xizmati mijozlarga online-to’lov shaklida bank hizmatlari uchun, soliq, davlat bojlari uchun hamda boshq to’lovlarni bank binosiga kelmagan holda, masofadan turib amalga oshirish imkonini beradi.

 

          Bizning bank Sizga zamonaviy bank xizmati turlaridan biri hisoblangan «Internet-banking» elektron to‘lov tizimi bilan tanishishni va undan foydalanishni taklif etadi. 
          «Internet-banking» — bu kompyuter dasturiy tizimi bo‘lib, u mijozga ofisdan chiqmagan holda, kommunikatsiya aloqa kanallaridan foydalanish, o‘zining bank hisobraqamini boshqarish va nazorat qilishda keng imkoniyatlarni yaratadi.

Bizning bank Siz bilan hamkorlik qilishni istaydi va Sizga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

          • Jahon andozalariga mos bank xizmat turlaridan foydalanish; 
          • Biznes faoliyatingizni tezkor boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish; 
          • Bank hisobraqamingiz holati haqida to‘liq va tezkor ma’lumotga ega bo‘lish; 
          • O‘z faoliyatingiz natijalarini doimo kuzatib borish va tahlil qilish; 
          • Vaqt va moddiy resurslaringizni tejash.

«Internet-banking» dasturiy tizimi Sizga quyidagi qulayliklarni yaratadi:

          • Ofisdan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati evaziga vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash; 
          • Real vaqt sharoitida to‘lovlarni amalga oshirish; 
          • Hisob raqamlaringizning holati to‘grisida batafsil ma’lumot olish; 
          • Bankdan har qanday uzoqligingizdan qat’iy nazar, doimo hisob raqamingiz haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish.

 

Tadbirkorlik sub’ektlar masofadan xizmat ko’rsatish “Internet-banking” tizimidan foydalanish bo’yicha bosqichma-bosqich harakatlar

           1. “Internet-banking” tizimiga boglanish uchun mijozda quyidagi minimal texnik-dasturiy vositalar bo’lishi talab e’tiladi:

                    - personal kompyuter “Pentium”;

                    - “windows XP” operatsion tizim;

                    - “Internet” aloqasi.

          2."Internet-banking" tizimi ulanish uchun mijoz bank filialiga murojaat qiladi.

          3. Mijozlarga "Internet-banking" tizimini o’rnatish uchun ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.

          4. o’z navbatida bank filiali tomonidan mijozning identifikatlari asosida tayyorlangan elektron raqamli imzo kaliti

              mijozga belgilangan tartib asosida beriladi.

          5. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun zarur bo’ladigan uskunalar (komp'yuter, modem va boshqalar), aloqa kanali va

              xarajatlar mijoz hisobidan amalga oshiriladi.

          6. Tizimni o’rnatish va ishga tushirish bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

          7. "Internet-banking" tizimidan foydalanadigan mijozdan aloqa kanali orqali olingan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan elektron to'lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o’tkazadi va bank amaliyot kuniga qayta ishlash uchun uzatadi.

          8. "Internet-banking" tizimi orqali uzatilgan elektron to'lov topshiriqnomasining qog’oz shaklidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi va o’rnatilgan tartibda mijozda saqlanadi. Bunda, to’lov topshiriqnomasining elektron va qog’ozdagi shaklining to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda ularning o’zaro mosligi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi.

          9. "Internet-banking" tizimi orqali elektron to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo’lsa, shu kuni o’tkaziladi. Elektron to’lov hujjati bankning amaliyot kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, elektron to’lov keyingi bank ish kunidan kechiktirmay o’tkaziladi.

          10. "Internet-banking" tizimi orqali mijozlarga ko’rsatilgan bank xizmati uchun komission to’lovlar bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.

 

 


17.12.2016 y.

 

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 49%
  • Yaxshi 21%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 25.07.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 4109.00 4151.00 4070.38
1 EUR 4698.00 4707.00 4697.67
1 GBP 5297.00 5302.00 5296.79
10JPY 368.00 369.00 367.00
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari