Бош саҳифа

Xalqaro hamkorlik

XALQARO HAMKORLIKLAR


   Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari, banklararo operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish hamda starategik muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ATB “Qishloq qurilish bank”ning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

     Bankning ishonchli hamkorlari qatoriga Germaniyaning Commerzbank AG, KfW Ipex-Bank, AKA bank, Rossiyaning Ak-Bars bank, Transkapitalbank, AsiaInvestBank, Albaniyaning BKT banki kabi nufuzli banklar hamda Jahon banki tarkibidagi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg’armasi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya institutlari kiradi.

     Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali, ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyati yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lgan, tashqi savdoni moliyalashni tashkillashtirish, qishloq xo‘jaligi va kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat dasturi doirasida qishloq joylarda uy-joylar qurilishini kreditlash imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda.

   Bugungi kunda bankning vakillik tarmog‘iga asosan Germaniyaning Commerzbank AG, Rossiyaning “Aziya-Invest Bank”, Novikombank, Transkapitalbank, AJ Sberbank sho’ba banki (Qozogiston) va Tojikistonning OJSC Orienbank hamda Turkiyaning “Aktif Yatirim Bankasi” kabilar kiradi.

11/02/2020