Rang sayt: A A A A


BANKNING XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIGI

 

Xalqaro moliya institutlari bilan vakillik munosabatlari, banklararo operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ATB “Qishloqqurilishbank” ning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Bankning ishonchli hamkorlari qatoriga Commerzbank AG (Germaniya), Jahon banki tarkibidagi Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi, shuningdek, Islom Taraqqiyoti Banki guruhiga kiruvchi Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki (Fillipin) kabi va boshqa xalqaro moliya institutlari kiradi.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali, OATB “Qishloq qurilish bank” faoliyati yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lgan, tashqi savdoni moliyalashni tashkillashtirish, qishloq xo‘jaligi va kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qishloq joylarda turar joyni kreditlash imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda.

Bugungi kunda bankning vakillik tarmog‘iga asosan hamkor xalqaro moliya institutlardan: Commerzbank AG (Germaniya), ATB  “Promsvyazbank” (Rossiya) , ATB “Russlavbank”, ATB “Svyazbank”, YOAJ “Aziya-Invest Bank”, Novikombank va boshqa banklar kiradi.

Kelgusida Amerika va Yevropaning JP Morgan Chase-AQSh, Raiffeisen Bank-Avstriya kabi va boshqa yirik banklar bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

                                                                                                                          

15.09.2016 y.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos, Call center faoliyatini baholang!

  • A'lo 80%
  • Yomon 50%
  • Yaxshi 22%
  • Qoniqarli 10%
Valyutalar kursi 24.05.2018
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 7940,00 8000,00 7997,95
1 EUR 9200,00 9500,00 9396,79
1 GBP 10450,00 10850,00 10743,65
1 JPY 65,00 85,00 71,91
1 CHF 7900,00 8100,00 8005,15
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari