Shriftning o'lchami: A A A
Rang sayt: A A A A

Faylni ko`chirish



         Mijozlar bankda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:

a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;

b) jamg‘arma depozit hisobvarag‘lari;

v) muddatli depozit hisobvarag‘lari;

g) ssuda hisobvaraqlari;

d) boshqa depozit hisobvaraqlari.

 Bankda hisobvaraqlarni ochish tartibi:

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;

b) tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

v) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

g) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;

d) tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta'sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;

g)  mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.

 

 Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;

b) statistika organlari tomonidan berilgan korxona va tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan hamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha;

g) tadbirkorlik faoliyati sub'ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.

Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka talab qilingan hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, bankda o‘sha kunni o‘zida yoki keyingi kundan kechiktirmasdan  hisobvaraqlar ochishadi.


07.05.2014 y.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Iltimos yagona telefon orqali hizmatni baholang

Valyutalar kursi 23.05.2017
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 3857.00 3896.00 3820.46
1 EUR 4246.00 4255.00 4245.83
1 GBP 4968.00 4973.00 4967.36
10JPY 343.00 344.00 342.52
Kalkulyatorlar Tariflari