Rang sayt: A A A A
12.11.2019

2019 yil 12 noyabr kuni ATB “Qishloq qurilish bank” va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi hamkorligida “Yangi saylovlar – yangi O‘zbekiston” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

IMG_20191113_091409_951.jpg

Tadbirda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22 dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlardaqaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’i nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

Qayd etildiki, bu yilgi saylovlarning “Yangi saylovlar – yangi O‘zbekiston” shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma’no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun juda dolzarb ahamiyatga ega.

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” tizimida 42 ta filial mavjud bo‘lib, ularda 3 mingdan ortiq xodim ishlamoqda. Bank xodimlari o‘z navbatida saylovchi hamdir. Shu boisdan bank rahbariyati xodimlarning saylovlarga oid bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor bermoqda. Shu kunlarda bankning barcha filiallarida saylov qonunchiligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

IMG_20191113_091329_221.jpg

IMG_20191113_091400_950.jpg

Tadbirda shu kunlarda davlatimiz rahbari tomonidan bank-moliya sohasini tartibga soluvchi qator qonunlar, xususan, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar imzolangani va bu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat ko‘p jihatdan yangidan shakllanadigan parlament faoliyatiga uzviy bog‘liqligi qayd etildi. Mana shu jihatlar bugungi kunda bank sohasida ishlayotgan xodimlarning yaqinlashib kelayotgan saylovlarda yanada faol bo‘lishini taqozo etadi.

Tadbir yakunida “Qishloq qurilish bank” xodimlari Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi bilan yaqindan tanishdilar.

 

Bank axborot xizmati

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
  1. Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?
    1. A'lo
      1018 (40%)
    2. Qoniqarsiz
      750 (30%)
    3. Xizmatlardan kelajakda foydalanaman
      297 (12%)
    4. Yaxshi
      264 (10%)
    5. O'rta
      207 (8%)
Valyutalar kursi 30.06.2020
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 10 170,00 10 220,00 10 173.38
1 EUR 11 000,00 12 000,00 11 411.48
1 GBP 12 000,00 13 000,00 12 546,83
1 JPY 80,00 110,00 94.89
1 CHF 10 400,00 11 400,00 10 732.55
1 RUB 110,00 160,00 145.97
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari