Rang sayt: A A A A
25.09.2018

2018 yilning 25sentabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Resrublikasi Markaziy banki va ATB “Qishloq qurilish bank” hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati, Qaror ijrosi bo‘yicha respublika bank tizimida, xususan, ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z bordi.

Ta’kidlandiki, mazkur qaror O‘zbekistonda bank xizmatlari sohasining rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Unda bank xizmatlari ommabopligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar iste’molchilarining huquqilarini himoya qilish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, masofaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga doir muhim vazifalar belgilab berilgan.

Anjumanda “Bank xizmatlari ommabopligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” faoliyatida ham dasturilamal bo‘layotgani, bank tomonidan joriy etilayotgan yangi zamonaviy xizmatlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini ta’minlashga va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani bildirildi.

photo5283141474860509693.jpg

Bugungi kunda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimidagi 313 ta infratuzilmalar orqali 715 mingdan mijozlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bank tuzilmalari faoliyatida mijozlarga qulaylik yaratish, xizmat turlari ko‘lamini kengaytirish ustuvorlik qilmoqda. Ayniqsa, qishloq xududlarida aholini sifatli bank xizmatlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yaqinda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida faoliyat yuritayotgan “Qishloq qurilish bank” Ko‘kdala filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

photo5283141474860509694.jpg

Bank xorijiy ilg‘or bank tajribalarini tatbiq qilgan holda, aholiga qulaylik yaratish maqsadida 24/7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalari tarmog‘ini kengaytirishga intilmoqda. Shunday shahobchalardan biri Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozoriga yaqin xududda faoliyat ko‘rsatmoqda. Shahobcha zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi klaviaturali infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan. Ahamiyatlisi, yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shahobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarmoqdalar.

Tadbirda masofadan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turlari kengayib borayotganligi bildirildi. Xususan, aholiga va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan “QQB-mobile” mobil ilovasi yanada takomillashtirilmoqda. Shu orqali mijozlarga masofaviy amaliyotlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.Hozirda bankning so‘m plastik kartochkalariga ega mijozlari uchun “QQB-mobile” mobil ilovasidan foydalanib o‘zlarining VISA xalqaro to‘lov kartalariga chet el valyutasini konversiya qilish xizmatidan foydalanib kelmoqdalar. Yaqin kunlarda “onlayn-kredit” xizmati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

photo5283277200122030602.jpg

“Qishloq qurilish bank” jismoniy shaxslarga mikroqarz berishni joriy etdi. Mikroqarz naqd yoki qarz oluvchining nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali 12 oy muddatga, 1 oylik imtiyozli davr bilan keyingi 11 oyda teng taqsimlangan holda qaytarish va oylik 3 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratilmoqda. Ahamiyatli tomoni shuki, mikroqarz qayta tiklanadigan shaklda ham ajratilib, mikroqarz muddati davomida mikroqarzdan qayta foydalanish imkonini beradi.

Bank tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xorijiy valyutada yangi mikrokredit ajratilmoqda. Mazkur mikrokredit eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan so‘m ekvivalenti miqdorida xalqaro to‘lov plastik kartaga o‘tkazib berish yo‘li bilan xorijiy valyutada ajratiladi. Mikrokredit xorijdan keltiriladigan xomashyo, tovar-xizmatlar, butlovchi ehtiyot qismlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish hamda kengaytirish uchun yuqori texnologik asbob-uskunalar, innovatsion ishlanmalar va texnikalar sotib olish uchun 18 oy muddatgacha ajratilmoqda. Joriy etilgan yangi kredit turlari fuqarolar va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha moliyaviy rag‘batdir. 

Tadbirda bank vakillari tomonidan xizmatlar ommabopligini oshirish borasi olib borilayotgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar, xususan, xorijiy moliyaviy muassasalarning kredit liniyalari, investitsion kreditlarning amaliy samaralari, qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy uy-joylar qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

Valyutalar kursi 16.01.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 360.00 8 440.00 8 356,18
1 EUR 9 100.00 9 700.00 9 582,03
1 GBP 10 300.00 10 800.00 10 730,17
1 JPY 60.00 80.00 76,99
1 CHF 8 200.00 8 600.00 8 492,05
1 RUB 90,0 130,0 124,97
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari