Rang sayt: A A A A
22.10.2018

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 aprelda Toshkent shahri Chilonzor tumaniga tashrifi doirasida “OLOY GULZOR SERVIS” MChJ negizida “GOLDEN CORN” Toshkent kraxmal-patoka zavodinitashkil qilish loyihasi taqdimot qilingan edi. 2018 yil 20 oktabr mazkur zavod ishga tushirildi. Shu munosabat bilan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan respublika ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Toshkent kraxmal-patoka zavodiga media-tur tashkil qilindi.

fcd2e9cbf9c8070707c69670991236b11020.jpg

Mazkur korxona O‘zbekistonda kraxmal kukuni, patoka, maltoza va maltodekstirin ishlab chiqaruvchi yagona zavod bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonidamahalliy makkajo‘xoriboshoqli don ekinidan foydalaniladi. Loyihaningumumiy qiymati 4,6 mln. AQSh dollarini, shundan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki kredit liniyasi hisobidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari, Xitoy davlatidan sotib olingan uskunalar qiymatida 2,0 mln. AQSh dollarini va mijozning o‘z mablag‘lari evaziga ulushi, ya’ni amalga oshirilgan qurilish ishlar shaklida 2,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

95b9b6839bc1762407876fdff0e491da1022.jpg

DSC_1268.JPG

Zavod Chilonzor tumanidagi sanoat zona hududida faoliyat ko‘rsatadi. Bugungi kunda korxonada kraxmal kukuni, kraxmal kukunidan patoka, maltoza va maltodekstirin (qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo) ishlab chiqarish liniyasi to‘liq o‘rnatilgan. Toshkent kraxmal-patoka zavodining quvvati kuniga 80 tonna xomashyodan kraxmal kukuni, patoka, maltoza va maltodekstirin ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Loyiha o‘rtacha yillik 19 200,0 tonna yoki 9,6 mln. AQSh dollari miqdoridakraxmal kukuni, patoka, maltoza va maltodekstirin ishlab chiqarish quvvatiga ega.

DSC_1526.JPG

Zavod faoliyati natijasida asosiy mahsulotlardan tashqari qoramolchilik va chorvachilik uchun yem (makkajo‘xori qobig‘i) hamda tovuqchilik va baliqchilik uchun omuxta yem (gluten) va bioqo‘shimcha mahsulotlari, yog‘-moy kombinatlari uchun ikkilamchi xomashyo turi (jerm) ishlab chiqariladi. Loyihani ishga tushirish jarayonida xorijiy mutaxassislar ham ishga jalb qilingan. Ular ishlab chiqarish jarayonida ham doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatib boradilar. Hozirgi kunda korxonada 100 ta ishchi ishlayotgan bo‘lib, loyiha to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi natijasida ish o‘rinlari 150 taga yetkaziladi.

Media-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent kraxmal-patoka zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Chop qilish PDF ni yuklash
O`zbekiston
Respublikasining
Hukumat portali
O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Siz ATB "Qishloq qurilish bank" tomonidan xizmat ko'rsatish sifatini qanday baholaysiz?

  • A'lo 80%
  • Qoniqarsiz 56%
  • Xizmatlardan kelajakda foydalanaman 26%
  • Yaxshi 19%
  • O'rta 14%
Valyutalar kursi 14.05.2019
Valyuta Xarid Sotish MB
1 USD 8 420,00 8 460.00 8 458,16
1 EUR 9 000.00 9 700.00 9 501,05
1 GBP 10 600.00 11 400.0 10 994,76
1 JPY 60.00 85.00 76,93
1 CHF 8 100.00 8 500.00 8 361,17
1 RUB 90,0 135,0 129,74
Kalkulyatorlar Bank xizmatlari tariflari