Бош саҳифа

Xotira - muqaddas, inson qadri – aziz!

07.05.2018

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

IMG_2166.JPG

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mazkur sana munosabati bilan ATB “Qishloq qurilish bank” jamoasi urush va mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurib, ularning hol-ahvolidan xabar olindi.

IMG_2141.JPG

Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan bobolarimiz, front ortida sabr-bardosh, matonat bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy onaxonlarimizga doimo ta’zimdamiz!!! Jang maydonlarida o‘z jonini fido qilganlar xotirasi abadiydir!